KASBIM MENING-FAXRIM

KASBIM MENING-FAXRIM

@sirdaryotumanpress
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Donishmanddan so‘ragan ekanlar: 

- “Inson qanday holatda baxtli bo‘ladi?” 

Donishmand javob bergan ekan: 

- “O‘zining sevgan ishini qilsa! Undan rohat olib, eliga, yurtiga, atrofdagilarga foyda keltirsa!” 

Naqadar oddiy, ammo shu bilan birga hayotiy fikrlar. Bundan ming yillar oldin aytilgan bu so‘zlar bugun ham o‘z qadr-qiymatini yo‘qotgani yo‘q. Aynan yuqoridagi fikrning isboti sifatida “Yangi O‘zbekiston qahramonlari” ruknida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zbekiston Qahramoni Lolaxon Murodovaning ibratli hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etish bo‘yicha joriy yilning 24 iyul kuni Sirdaryo tumanidagi 2-MTTda Lolaxon Murodovaning mashaqqatli mehnat faoliyatiga bag‘ishlangan “Kasbim mening faxrim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo tumani bo‘linmasi rahbari Lola Shoimova ishtirok etib, O‘zbekiston Qahramoni Lolaxon Murodovaning ibratli hayoti va faoliyati haqida so'zlab berdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo tumani bo‘linmasi.

Report Page