Toshkent viloyati misolida yanvar oyi uchun Hokim yordamchilari ish faoliyati yuzasidan daydjest

Toshkent viloyati misolida yanvar oyi uchun Hokim yordamchilari ish faoliyati yuzasidan daydjest

EconomyPress

1014 ta mahallalariga hokim yordamchilari tayinlandi.

Hokim yordamchilarining 950 nafarini erkaklar, 64 nafarini ayollar tashkil etadi.

Respublika vazirlik va idoralaridan 36 nafar vakillar hududlarga biriktirildi.

Hokim yordamchilari orqali 645,3 mingta xonadonlardan 557,9 mingta (85,7 foiz) xatlovdan o‘tkazildi.

Xonadonlar 4 toifaga bo‘lib o‘rganildi:

 -(1 toifa xonadonlar daromadi kam, ishsiz a’zolari bo‘lgan, o‘z ishini boshlashga qiziqishi katta, shuningdek, daromad topishga, kasb o‘rganishga harakat qilayotgan xonadonlar) – 75 256 ta;

 -(2 toifa doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagi bor xonadonlar) – 188 141 ta;

 -(3 toifa nogironligi bor va kasal a’zolari bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar) – 48 379 ta;

 -(4 toifa iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar) – 225 769 ta;

 Xatlov natijalariga ko‘ra:

  • 20428 nafar fuqaroning ishlash istagi borligi;
  • 10638 nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qimoqchi ekanligi;
  • 3329 nafari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish xohishi borligi aniqlandi.

 Mahallalarda 121,8 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilab olindi.

Shundan 5 ming 842 ta issiqxona tashkil etish orqali, 10 ming 942 ta kasb-hunarga o‘qitish va ishga joylashtirish orqali, 34 ming 613 ta o‘zini-o‘zi band qilish bilan subsidiya ajratish orqali, 4 ming 132 ta bo‘sh turgan bino-inshoot va yer maydonlarini aniqlash orqali, 22 ming 469 ta qishloq xo‘jaligi yerlari ajratish orqali 43 ming 843 ta boshqa yo‘nalishlar orqali ish o‘rin yaratish ko‘zda tutildi.

 Aholiga imtiyozli kredit mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoj o‘rganilib,  203,6 mlrd.so‘m uchun takliflar shakllantirildi.

 Natijada, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 79 arizalar qanoatlantirilib, 6 mlrd 469 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari o‘zlashtirildi.

1-fevral holatiga ko‘ra, mahallalarda 5 ming 687 ta ish o‘rinlari yaratildi.

Bulardan, 161 tasi issiqxona tashkil etish, 204 tasi kasb-hunarga o‘qitish va ishga joylashtirish, 395 ta o‘zini-o‘zi band qilish bilan subsidiya ajratish, 114 ta bo‘sh turgan bino-inshoot va yer maydonlarini aniqlash, 48 ta qishloq xo‘jaligi yerlari ajratish, 425 ta yangi loyihalar, 2 ming 883 ta o‘zini-o‘zi band qilish, 109 ta sanoat korxonalarini kengaytirish, 1 ming 158 ta yangi va mavjud kichik biznes subyektlari, 190 ta boshqa yo‘nalishlar hisobiga ish o‘rinlari yaratildi.

273 ta yoshlarga 50 sotixdan 10 yilga ijara asosida dehqonchilik uchun yer maydonlari ajratildi. 25 ta xonadonga kredit asosida 300 bosh zotli qo‘ylar, 2 ta xonadonga parrandachilik uchun subsidiya asosida inkubatorlar olib berildi. 6 nafar ishsiz oilaga sug‘orish uchun artezian suv qudug‘i bo‘yicha subsidiyalar ajratildi.

Hokim yordamchilarining hamkorlikdagi faoliyati orqali:

  • 80 nafar yoshlar va xotin qizlar Yuqori Chirchiq tumanida “TIGER TEXTILE” MCHJ, “DELUX BUSINESS” MCHJ orqali;
  • 450 nafar mahalliy aholi Ohangaron tumanida “PRIEMER ELEKTORPECH” xorijiy korxonasi hisobiga; 
  • 16 nafar ishsiz yoshlar “ELEGANT GARNER TEXTILE” orqali; 
  • 20 nafar ayollar Nurafshon shaharda “GUZELSOY” MCHJ korxonasiga doimiy ishga joylashtirildi.


Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati


Report Page