SS

SS


Termizdagi bozorda yaroqsiz goʻsht aniqlandi


Surxondaryo viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi va viloyat IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash boʻlinmasi xodimlari birgalikda Termiz shahridagi dehkon bozorida reyd tadbirlarini oʻtkazishgan.


Tadbir davomida Termiz shahrida yashovchi shaxs noma’lum sharoitda soʻyilgan yirik shoxli mol goʻshtini sotish uchun bozorga olib kirayotgan vaqtida ushlangan.


Iste’molga yaroqsiz goʻsht Termiz hayvonot bogʻiga topshirilgan. X.B.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 109-moddasiga asosan ma’muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan

Report Page