Sport

Sport

Азизбек_Фахриддинов_01

“Liverpul” jamoasida koronavirusga chalinish holati qayd etildi, deya xabar qilmoqda Kronen Zeitung.

Koronavirus testi tahlillari jamoa vakilida infeksiya borligini ko‘rsatgan. Uning shaxsi ochiqlanmagan. Ayni damda mersisaydliklar Avstriyada yig‘in o‘tkazmoqda. U yerda “Zalsburg”ga qarshi nazorat uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.


Avvaliga “Liverpul” yig‘inni Fransiyada o‘tkazishni rejalashtirgandi. Biroq koronavirusning keng tarqalgani sabab, jamoa Avstriyaga yo‘l olgan. Jamoa to‘liq izolyatsiyaga olinganiga qaramay, “Liverpul” vakili virusni yuqtirib olgan.


“Liverpul” 2019/20-yilgi mavsumda Angliya chempioniga aylandi. Jamoa 30 yillik tanaffusdan so‘ng mazkur sovrinni qo‘lga kiritdi. Chempionlar Ligasida Yurgen Klopp shogirdlari 1/8 finalda “Atletiko” to‘sig‘idan o‘ta olmay, musobaqani tark etdi.

Report Page