Sport

Sport


Азизбек_Фахриддинов_01

Myunxenning “Bavariya” klubi irqchilikda ayblangan akademiya murabbiyini iste’foga chiqarib yubordi.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, nomi oshkor etilmagan mutaxassis bilan o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnoma bekor qilingan.


Murabbiy irqchilik va boshqa kamsituvchi so‘zlarni qo‘llaganlikda ayblangan. Unga nisbatan politsiya tomonidan tergov ishi qo‘zg‘atilgan. Avvaliga murabbiy bu ayblovlarni inkor etgan, biroq keyinchalik o‘z aybini tan olgan.


Der Spiegel xabariga ko‘ra, murabbiy “Bavariya”ning 2003-yilda tug‘ilgan futbolchilariga murabbiylik qilgan. U 2006-yildan buyon bolalar va o‘smirlar bilan ishlab kelgan.


Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” Chempionlar Ligasi chorak finalida “Barselona”ni 8:2 hisobida taslim etib, musobaqa yarim finaliga yo‘l oldi. Jamoa 19-avgustdan 20-avgustga o‘tar kechasi “Lion”ga qarshi o‘ynaydi.

Report Page