Sport

Sport

Азизбек_Фахриддинов_01

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman yaqin vaqtlar ichida “Barselona” bosh murabbiyi etib tayinlanishi kutilmoqda.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, mutaxassis katalon klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.


Ta’kidlanishicha, kataloniyaliklar rahbariyati niderlandiyalik murabbiyni jamoa bosh murabbiyligi uchun eng yaxshi nomzod deb hisoblamoqda.


Avvalroq Kike Setyenning lavozimidan bo‘shatilgani haqida xabar berilgandi. Bundan tashqari, sport direktori Erik Abidalning ham klubdan ketishi kutilmoqda.


Qayd etish joiz, Ronald Kumanning Niderlandiya termasi bilan shartnomasida agar unga “Barselona”dan taklif tushsa, Yevro—2020 dan so‘ng o‘z lavozimini tark etish imkonini beradigan band mavjud.


Ma’lumot uchun, Kuman futbolchilik faoliyati davomida 1989—1995-yillar oralig‘ida “Barselona” safida to‘p surgan. 1998-yildan 2000-yilgacha esa u jamoa murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan.



Report Page