#Sport

#Sport


Farg‘onaning “Neftchi” klubi yangi futbolchilarni tanishtirdi 

3 avgust kuni Qirgulidagi “Neftchi” Madaniyat saroyida “Neftchi” PFK ikkinchi davra oldidan o‘z tarkibida qo‘shib olgan yangi futbolchilarni ommaga rasman tanishtirdi. 

Tadbirda FNQZ rahbariyati, "Istiqlol" stadioni rahbariyati, "Neftchi" klubi murabbiylar shtabi, futbolchilar, xodimlar, jamoa muxlislar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. 

"Neftchi" jamoasi mazkur tadbirda 13 nafar yangi futbolchini tanishtirdi. Ular quyidagicha: Abdujamol Isroilov ("Dinamo"), Jasur Hasanov ("Buxoro"), Alisher Shog‘ulomov ("Buxoro"), Doston Tursunov ("Metallurg"), Kamron Kapadze ("Metallurg"), Mansur Saidov ("Navbahor"), Karen Abramov (erkin agent) Timur Hakimov (erkin agent), Murod To‘ychiboyev ("Norin"), Otabek Haydarov (erkin agent) Farxod Namozov, (Bunyodkor) Ibrohim Rahimov (Qo‘qon-1912) Avazbek O‘lmasaliyev (yoshlar jamoasidan).

Report Page