#Sport

#Sport


Rasman: Neymar PSJga o‘tdi va dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi

Fransiyaning PSJ klubi “Barselona”dan braziliyalik futbolchi Neymarni sotib olinganligini e’lon qildi. Parij klubi Neymar bilan 5 yillik shartnoma imzolandi.

Avvalroq Neymarning tovon puli “Barselona” hisob raqamiga 222 mln yevro kelib tushgani e’lon qililgan edi. U mazkur transfer orqali dunyodagi eng qimmat futbolchiga aylandi. 

Futbol tarixidagi eng qimmatbaho transferlar

1. Neymar — € 222 mln (“Barselona” — erkin agent, “PSJ” – uchun);

2. Pol Pogba — € 105 mln (“Yuventus” —“Manchester Yunayted”);

3. Garet Beyl — € 101 mln (“Tottenxem” — “Real”);

4. Krishtianu Ronaldu — € 94 mln (“Manchester Yunayted” — “Real”);

5. Gonsalo Iguain — € 90 mln (“Napoli” — “Yuventus”).

Ma’lumot uchun, Neymar 2013 yil “Santos”dan “Barselona” safiga ko‘chib o‘tgan edi va hozirga qadar jamoa safida 186 o‘yinda maydonga tushib, 105 ta gol kiritishga erishgan edi.

Report Page