#Sport

#Sport


Neymarning PSJga o‘tishi “muzlatib” qo‘yildi

“Barselona” hujumchisi Neymarning PSJga transferi Ispaniya futbol ligasining (LFP) qat’iy qarshiligi tufayli amalga oshmasligi mumkin.

Liga rahbariyati futbolchining shartnomasidagi 222 mln yevro evaziga boshqa klubga o‘tishi mumkinligi haqidagi bandni “muzlatib” qo‘ydi, bunga futbolchining otasi va kataloniyaliklar klubi o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

Neymarning otasi “Barselona”dan 26 mln yevro olishi kerak edi, chunki o‘tgan yili braziliyalik futbolchi jamoasi bilan 2021 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan va kataloniyaliklar katta Neymarga 26 mln yevro miqdorida mukofot puli va’da qilganlar.

Biroq hozirda “ko‘k-anor ranglilar” Neymar shartnomasidagi muddatgacha o‘ynab bermaguncha ushbu pulni to‘lashdan bosh tortmoqdalar. Agar futbolchi qoladigan bo‘lsa, barcha pul otasining hisob raqamiga jo‘natiladi, teskari holatda esa barchasi sudgacha borishi mumkin.

Budan tashqari, Tebas PSJ moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmay 222 mln yevroni qanday yo‘l bilan to‘lashini tushunmayapti. Ayni damda hujumchining transferi muzlatilgan.

Report Page