#Sport

#Sport


Sudlashib yurgan Ronaldu o‘z ta’tilini erta yakunladi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu mashg‘ulotlarga qaytdi. Aslida 5 avgustda ta’tildan qaytishi kutilgan futbolchi mashg‘ulotlarni ertaroq boshlab yubordi.

13 avgust kuni “Real” Ispaniya Superkubogi bahsida “Barselona”ga qarshi birinchi bahsni o‘tkazadi va Ronaldu ushbu o‘yingacha tayyor holatda bo‘lmoqchi.

Hozircha portugaliyalik futbolchi “Real” bazasida individual dastur bo‘yicha shug‘ullanmoqda. Malrilliklar klubi esa ayni damda AQShda bo‘lib turibdi va ertaga MLS yulduzlariga qarshi maydonga tushadilar.

Report Page