#Sport

#Sport


Angliyalik futbolchi O‘zbekistonda to‘p suradi 

Avstraliya chempionatining “Pert Glori” klubi a’zosi, angliyalik Rostin Griffits faoliyatini O‘zbekistonda davom ettirishi mumkin.

29 yoshli yarim himoyachi Oliy Liganing top klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. “Glori” jamoasi sardori klubni tark etgach, maydon markazida jiddiy muammolarga duch kelmaslik uchun o‘z saflariga boshqa bir yarim himoyachini qo‘shib olgan.

Biroq Griffitsni milliy chempionatimizning qaysi jamoasi bilan og‘zaki kelishuvga erishgani haqida ma’lumotlar yo‘q. Uning hozirgi klubidagi maoshi 600 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Ma’lumot o‘rnida, kelib chiqishi asli angliyalik bo‘lgan ushbu yarim himoyachi faoliyatini “Blekbern Rovers” jamoasida boshlagan. So‘ngra, Shotlandiyaning “Gretna”, Angliyaning yana bir jamoasi “Akkrington Stenli”, Gollandiyaning “Roda”, Avstraliyaning “Adelaida Yunayted”, “Sentral Kost Mariners”, “Nort Kvinslend Furi” va “Pert Glori” jamoalarida to‘p surgan.

Report Page