#Sport

#Sport


Shohjahon Ergashev 5-avgust kuni o‘zi kabi mag‘lub bo‘lmay kelayotgan bokschi bilan jang qiladi

Professional boksda 10 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev 5-avgust kuni AQShning Detroyt shahrida navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Amerikaning mashhur Showtime telekanali tashkil qilayotgan boks kechasida asosan yengilmas charm qo‘lqop ustalari ishtirok etadi, deb yozdi “Sports.uz” nashri. Muxlislar qiziqishini oshirish uchun ham telekanal karyerasi davomida mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bokschilarga e’tibor qaratgan.

Bunda Shohjahon Ergashevning raqibini aynan kim bo‘lishi ma’lum emas. Shunga qaramay, Detroytga tashrif buyurayotgan yana 6 nafar bokschining nomi keltirib o‘tilgan:

  • Shohjahon Ergashev (O‘zbekiston) — 10 ta jang, 10 nokaut
  • Baxtiyor Eyubov (Qozog‘iston) — 13 ta jang, 11 nokaut
  • Nikki Adler (Germaniya) — 16 ta jang, 9 nokaut
  • Vladimir Tixonov (Rossiya) — 16 ta jang, 9 nokaut
  • Yariko O’Kuinn (AQSh) — 7 ta jang, 5 nokaut
  • Sonni Fredrikson (AQSh) — 17 ta jang, 11 nokaut
  • Klarissa Shilds (AQSh) — 3 ta jang, 1 nokaut

Xabarda qayd etilishicha, Ergashev bo‘lajak jangi uchun Farg‘ona viloyatining tog‘li hududlarida tayyorgarlik olib borgan.

Report Page