#Sport

#Sport


“Real Madrid”ning qaysi futbolchisi Neymarni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi? 

“Real Madrid” jamoasi yarim himoyachisi Karlos Kazemiro “Barselona” a’zosi Neymar atrofidagi gap-so‘zlarga o‘z munosabatini bildirdi.

“Neymar kelajagi borasidagi yakuniy qarorni o‘zi chiqarishi lozim. Nima qilish kerakligini Neymar juda yaxshi biladi. Nega endi Neymar “Real”da o‘ynamasligi kerak ekan? Biz uni jamoamizda ko‘rsak xursand bo‘lardik.

Neymarga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. U ajoyib futbolchi, menga uning o‘yin uslubi juda yoqadi. Neymarni oilada qo‘llab-quvvatlovchi insonlari ko‘p, ayniqsa uning otasi ajoyib inson. Neymar "Barselona"da ketadigan bo‘lsa, unda unga omad tilab qolaman”, – dedi Kazemiro.

Report Page