#Sport

#Sport


“Neftchi” jamoasi Jizzax klubi bilan durang o‘ynadi 

Vadim Abramov bosh murabbiyligidagi Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi Toshkentda navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. 

Bu safar “Neftchi”ga Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi raqiblik qildi. Qiziqarli va gollarga boy kechgan o‘yinda 2:2 hisobi qayd etildi. Farg‘onaliklar tarkibidan Sherzod Hakimov hamda Mo‘ydin Mamazulumovlar raqib darvozasini ishg‘ol etishdi.

Avvalroq “Neftchi” jamoasi Qo‘qon shahri vakili – “Qo‘qon-1912” klubini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratish uddasidan chiqqandi.

Report Page