#Sport

#Sport


Yangi mavsumning “El-Klasiko”si qishda bo‘lib o‘tadi

Bugun Ispaniya chempionatining 2017/18 mavsumi taqvimini aniqlash uchun qur’a tashlandi va “Real” hamda “Barselona” o‘rtasidagi ikki “El-Klasiko” sanalari ham ma’lum bo‘ldi.

Azaliy raqiblarning birinchi to‘qnashuvi Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi. Muxlislar ushbu o‘yinni 20 dekabr kuni tomosha qilishadi.

“Kamp Nou”da bo‘lib o‘tadigan ikkinchi “El-Klasiko” esa 2018 yilning 6 may kuni o‘tkaziladi.

Report Page