#Sport 

#Sport 


O‘zbekiston yoshlar termasi 2018 yilgi OCh final bosqichiga yo‘llanma oldi 


Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “D” guruhi 3-turida mezbon BAA U-22 termasiga qarshi bahs olib bordi. 

2018 yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati final bosqichining to‘g‘ridan-to‘rg‘i yo‘llanmasi uchun kechgan o‘yinda Islomjon Qobilov va Javohir Siddiqovning gollari O‘zbekiston yoshlar termasiga g‘alaba keltirdi. 

Eslatib o‘tamiz, saralash bosqichining dastlabki o‘yinda Ravshan Haydarov shogirdlari Livanni (3:1), ikkinchi turda Nepalni esa (2:0) taslim qilgandi. O‘tkazilgan uch o‘yinda 100 foizlik natija ko‘rsatgan O‘zbekiston U-22 termasi birinchi bo‘lib OCh yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, U-23 Osiyo chempionati 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadi.

Report Page