#Sport 

#Sport 


Go‘zal tennischilarimiz Sabina va Kamoladan chiroyli g‘alabalar

Tennis bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida norasmiy jahon chempionati hisoblangan Federatsiya kubogining ikkinchi saralash bosqich bahslari boshlandi.

Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘tkazilayotgan mintaqaviy bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etyapti. Iroda To‘laganova murabbiyligidagi qizlarimiz bugun Turkmaniston terma jamoasiga qarshi bahsni boshlashdi.

Bugun yakkalik bahslaridagi ikkita uchrashuv yakunlandi. Avvaliga Kamola Umarova raqibasi Jahona Bayramovani 47 daqiqa davom etgan uchrashuvda 6:2, 6:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ikkinchi bahsda esa birinchi raketkamiz Sabina Sharipova Guljan Muhamedkuliyevadan 6:1, 6:0 hisobida ustun keldi. Bu uchrashuv 43 daqiqa davom etdi.

Birozdan so‘ng Oqgul Omonmurodova va Nigina Abduraimova juftliklar bellashuvida Bayramova dam Muhamedkuliyeva hamkorligiga qarshi kortga chiqishadi.

Report Page