Sport

Sport

🌐OLTIARIQ_TV

Yosh kikbokschi o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Sarvar G‘aniyev

«Xabar.uz» portalida «JAR»da bo‘lib o‘tgan kikboksing bo‘yicha chempionatdan so‘ng shifoxonaga yotqizilgan 17 yoshli sportchi chuqur komaga tushib qolgani haqida xabar berilgan edi. 

Afsuski, Sanjar Salimov bir haftalik komadan so‘ng vafot etdi.

O‘sha xabarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar surishtiruv olib borayotgani ham qayd etilgandi.

«UzNews.uz» nashrining o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha, o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing assotsiatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi mansabdor shaxslari tomonidan mazkur musobaqani tashkil etishda «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasiga zid ravishda musobaqaga maxsus tayyorgarlikdan o‘tmagan, tegishli malaka toifasini olmagan F.Yu.ning bosh hakamlik qilishiga hamda murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanishiga tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan J.A.ning trener sifatida jalb qilingani hamda 42-moddasiga zid ravishda S.Salimovning chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlamasdan, tibbiy sug‘urta polisisiz, ota-onasining rozilisigiz hamda ishtorikisiz musobaqada qatnashishiga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 116-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing assotsiatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan tergov ishlari olib borilayotgani haqida xabar qilingan.

Report Page