Spam

Spam

كَمَلِدٍينْ

Agar sizda to'satdan quyidagi keltirilgan holatlar yuz bermasa demak sizga BAN berilgan:
- Sizni kontaktiga qo'shmagan odamlarga yozish, yoki;
- Foydalanuvchilarni @username yuzerneymlari orqali guruh a'zolari sonini ko'paytirish maqsadida ularni guruhlarga qo'shish, yoki;
- Jamoaga oid bolgan guruhlarga yozish, yoki;
- Guruh va Kanal yaratish, yoki;
- Guruh va kanallarga kimnidir admin qilib qoyish;

Bu qanday sodir bo'ladi?

Telegramdan BAN olishning bir necha usullari mavjud, bular:
1. Agar siz o'zingizga notanish bo'lgan shaxsning lichkasiga(shaxsiy sahifasiga) o'tib yozsangiz, u lichkasida paydo bo'lgan "Заблокировать" tugmasini bosadi va "Сообщить о спаме" punktini tanlaydi;
Bu quyidagi ko'rinishda bo'ladi:

shaxsiy sahifadagi ko'rinish

2. Agar siz guruhlarda suhbat qurayotgan bo'lsangiz, hohlagan guruh a'zosi sizning habaringiz unga yoqmasa, habaringiz ustidan Shikoyat qilishi va Spam punktini tanlashi mumkin Bu quyidagi ko'rinishda yuz beradi:

Guruhda Spam berish holati

3. Agar siz kimnidir uning @username(yuzerneymi) orqali yani @ korinishda, guruhga qo'shgan bo'lsangiz u o'sha guruh ustidan shikoyat qoldirib guruhdan chiqib ketish huquqiga ega, bu holatda  guruhga va uni guruhga qoshgan shaxs jabr ko'radi yani Spam-Ban beriladi!
Buning korinishi quyidagicha:

Guruhga va sizni shu guruhga qo'shgan shaxs ustidan shikoyat

4. Agar siz kimningdir nomidan yuborilgan va uni Telegram spam deb qabul qilgan habarni (yozuv, video, gif, sticker, rasm va h.k.) larni qayergadir uning nomidan jonatsangiz. Hattoki o'zingizning oblakangiz(Избранное)da va yopiq kanalingizga ham.

Qanday spam(ban) turlari mavjud?

- Birinchi martta spam(ban) 3 kun muddatga beriladi;

- Keyingi spam muddati esa cho'zilib ketaveradi;

- Bora-bora ohiri esa Telegram  butunlay Spam qilib qoyadi, buni esa hattoki eng  zo'r dasturchilar ham to'g'irlab bera olmaydi;

Nima qilish kerak?

Spamning rasmiy botiga tashrif buyurib, start bosiladi va u bergan savollarga tog'ri va aniq javob beriladi, so'ng u bergan javobni aniq o'qib chiqishingiz maslahat beriladi.

Spamning rasmiy boti: @spambot

Botning aytishi bo'yicha "аккаунт свободен от ограничений" yani(akkaunt cheklovlardan ozod) degan tarjimada, lekin siz haligacha hech kimga yoza olmayapsiz!?

Sababi:

1. Odatda botning serverdagi ma'lumotlari yuklanishi va yangilanish tezligi sust bo'ladi: spam(ban)ga allaqachon tushganingizni sezdingiz, ammo, bot bu haqida hali ma'lumotga ega bo'lmaydi. Yaxshisi esa botga bir necha soatlardan so'ng, yoki bolmasa keyingi kun yozganingiz maqul; 

2. Odatda bot sizga berilgan muddat muhlati tugagan, ammo siz haligacha hech kimga yoza olmayapsiz. Bu esa o'z-o'zidan shuni anglatadiki, sizga spam ustiga yana qoshimcha shikoyat tariqasida spam berilgan va muddat cho'zilgan, yoki bo'lmasa, botdagi ma'lumotlar almashishi, yangilanishi juda sekin bo'lgani tufayli sizni spamdan chiqarishga ulgurmagan bo'ladi. Bunday holatlarda ham botga  bir necha soatlardan so'ng, yoki bolmasa keyingi kun yozganingiz maqul;

Kimdir menga spam(ban) dan ozod bo'lishga yordam bera oladimi?

Yo'q! Hechkim!

1. Hech qaysi bir jamoat guruhlari a'zolari Telegramning texnik qo'llab-quvvatlaydigan ishchisi hisoblanmaydi.

2. Agar siz Настройки -> Помощь -> Задать вопрос orqali Telegram qo'llab-quvvatlash markaziga murojat qilsangiz bu mutlaqo befoyda: ular sizni murojaatingizni o'qiguncha, siz allaqachon cheklovlardan ozod bo'lgan bo'lasiz!)))


Agar maslahatim sizga bir-oz bo'lsada yordam bergan bo'lsa, men bundan hursandman! Bu maqola @Kamoliddn tomonidan tuzildi.

Report Page