Solo 💔

Solo 💔

💜
12 episode


Jk: Bilmayman lekin hafa bo'lishi aniq

Sema: Ishqilib bolaga ziyon bo'lmasin


Jk: Aytgancha ertaga Sua kasalxonadan chiqadi

Tae: Ha bilamiz doktori aytgan edi

Jk: Ertaga Sua chiqib olaversinchi uyog'ini nimadir qilarmiz


Jin: Sema sen ertaga yana Yunani oldiga borib kelasan albatta Tae bilan

Sema: Mafia olamida shundan boshqa qurol sotadigan odam yo'qmi

Jin: Sema u mafiya olamida yagona qurol bilan ishlovchi qiz bola. Keyin uni mollari ancha sifatli

Sema: Sifatli qurol sotadigan mingdan ortiq tanishimiz bor nega aynan u

Tae: Chunki men xohlayman

Sema: Nega aynan u

Jin: Bolalar bo'ldi urishmang hammangiz xonangizga chiqing

Sema: Biz endi yosh bola emasmiz koyib xonamizga chiqarib yuboradigan.


👤: Sema shunday dedida xonasiga chiqib ketdi. Tae ham uni orqasidan jahli chiqqancha yugurib chiqib ketdi.


Jk: Obbo yana urush. Bular qachon odam bo'ladiya

Jin: Huddi o'zing katta odamdek gapirma. Ularning bu safargi urushi oddiymasga o'xshaydi. Semaga aniq nimadir bo'lgan

Jk: Bo'pti men charchadim. Xonamga chiqaman.

Jin: To'xta ertadan hamma hizmatkorlarni chaqir. Bundan buyog'iga hamma ishni Nicole qila olmaydi.

Jk: Xop shundog'am chaqirmoqchi edim


👤: Jk mehmonxonadan chiqib ketar ekan Jinga gapirdi

_


Tae: Sema to'xta


👤:Sema xonasiga kirdida ko'zlarida yosh bilan orqasiga o'girildi



Sema: Nima? nima deysan

Tae: Nega yig'layapsan😕

Sema: Senga o'sha yalmog'izni nimasi yoqadi a

Tae: Sema bilmagandek gapirma men uni sevaman. Keyin u bilan men yashayman sen emas

Sema: Senga 20 yildan oshiq umrimni sarflaganim yetmadimi a. Shuncha harakatlarimga ko'rko'rona ko'z yumib yana uni tanlading


👤: Sema bor ovozi bilan baqirar edi. U so'zlarini aniq aytaolmaydigan darajada yig'lar edi.


Tae: Sema tushunmayapman nega bunday deyapsan

Sema: Nimasini tushunmaysan seni 20 yildan buyon yaxshi ko'raman



👤: Tae shu zahotiyoq jilmayib uni bag'riga bosdi. Sema yig'idan darrov to'xtadi. U endigina "U ham meni yaxshi ko'rar ekan" deb o'ylab turgandi Tae quchog'idagi singlisini ovutish uchun gapirardi.


Tae: Sema sen meni singlimsan. Balki ota-onamiz boshqa-boshqa odamlardir. Bu ahamiyatsiz. Nima bo'lganidan qat'iy nazar sen meni singlimsan. Iltimos mendan boshqa narsa kutma


👤:Taening bu gapiga Semaning alami kelib ketti va uning quchog'idan chiqib o'zini ko'chaga otdi. Shu payt Jin kelib qoldi. Sema Jinni turtib eshik tomon shiddat bilan yurib ketdi. Jin tezda Taega qaradi


Jin: Unga nima bo'ldi.

Tae: Har doimgidek oddiy janjalimiz


👤: Tae bo'lgan ishni unga aytgisi kelmadi va xonasiga ketdi. Jin ham bundan uncha havotir olmadi. chunki Sema va Tae tez-tez urishib turishar Sema esa o'zini tinchlantirish uchun shaharni mashinada aylanar edi. Tae rostdan ham Sema bilan o'rtasida bo'lgan urishni oddiy janjal deb hisoblardi lekin Semaning bu safargi niyati jiddiy edi. Sema bu safar mashinada sayr qilmadi u bor alamini ichkilikdan oldi


Pov Sema:


Nega u meni sevmaydi. Meni undan nima kam joyim bor. Axir undan ko'ra ko'proq yonida bo'ldim, har doim har doim uni qo'llab-quvvatladim lekin u meni emas Yunani tanladi buning uchun hammasi javob beradi.


Kechki payt soat 00:00


Pov Tae


Nega u hali ham Sema kelmadi. Soat ham allamahal bo'ldi. Menimcha uning boyagi gaplari hazil edi. Obbo boshqa chidab o'tira olmayman.


Tae havotir bilan xonasidan chiqdi. U endi eshigidan chiqgan ham edi Semaga to'qnash keldi. (Ularni xonasi yonma-yon) Sema bo'kib ichgan. Oyog'ida zo'rg'a turardi. Tae uni bu ahvolda ko'rib jahli chiqdi. Chunki Semaning bunaqa qilig'i yo'q edi. Tae burnini yopgancha yuzini burishtirib gapirdi


Tae: Sema ichganmisan

Sema: Ha nima edi mumkin emasmi.

Tae: Bu nima qiliq, Sema

Sema: Seni ishing bo'lmasin

👤: Sema Taega qo'l siltagancha yurib borar ekan o'zini tuta olmay qoqilib tushdi. Tae uni darrov ushlab oldi

Tae:Sema o'zingdamassan yur xonangga

👤: Tae Semani qo'llarini yelkasidan o'tqazib xonasiga olib borib yotoqqa yotqizdi oyoq kiyimlarini yechib ustini yopib chiqib ketdi.


👤: Ertasi kuni Sua kasalxonadan chiqdi. U komadan chiqgan edi. O'zini ancha yaxshi his qilardi. Oradan 4 kun ham o'ttiki Sua oyoqqa turdi yana avvalgidek bog'ga gullar ekar, daraxt shoxidagi qushlar bilan g'oyibona gaplashib o'tirar edi. Shu 4 kun ichida Sema va Tae umuman gaplashmadi hatto dasturxondayam birga o'tirishmas edi. To'g'rirog'i Sema shunday qilardi.


___


Nicole xonada kitob o'qib o'tirar edi. Birdan uni qulog'iga gitara ovozi eshitildi. Gitara ovozi juda mayin va yoqimli edi. Nicolening oyoqlari beixtiyor gitara ovozi kelgan joyga yetakladi. U ovoz tomon borib eshikni ochdi. Eshikni ochganida Jk qo'lida gitara bilan boshini egib o'tirar edi. Uning sochlari yuzini yopib turar,uning faqat mayin pushti lablari ko'rinib turar edi.


⭕️Jk


Uzur bu bn pasdigi 1 ta rasm ketb qoldi.-⭕️


👤: Jk gitara chalishdan to'xtab darrov Nicole tomonga qaradi. U boshini ko'tarishi bilan Nicolega mayin tabassum qildi va yonidagi joyga "o'tir" degandek imo qildi. Nicole sekin borib uni yoniga o'tirdi


Jk: Nega indamay turgan eding

Nicole: Shunchaki sizga halaqit bermay dedim. Haligi siz qachondan beri gitara chalasiz. Oldin hech ham ko'rmagan edim.

Jk: Oldinlari mehribonlik uyida chalar edim. U yerdan ketgandan beri qo'limga olmagandim.

Nicole: Juda ham chiroyli chalar ekansiz

Jk: Senga yoqdimi hohlasang o'rgataman

Nicole: Yaxshi bolardi lekin....

Jk:Nima lekin

Nicole: Sizga 5 kun oldin dadamni ko'rgani boraylik degan edim. Lekin Sua kelgani uchun indamagandim. Iltimos boraqolaylik


👤: Jk o'zini huddi unitgandek tutib hayrat bilan gapirdi.


Jk: Ha aytgancha esimdan chiqibdi. Bo'pti bo'lmasa ertaga boramiz

Nicole: Yo'q o'tgan safar ham shunday degan edingiz. Keyin yana qolib ketadi. Iltimos hozir boraylik🥺

Jk: Mayli bor kiyin

👤: Jk qo'lidagi gitarani oldidagi shisha stolga qo'yib o'rnidan turdi. Nicole esa xursandligidan yugurib borib shoshilgancha kiyindi va biroz pardoz qilib shkafdan 1 hafta oldin otasi uchun to'qigan sharfni olib sumkasiga soldi.


👤:;Jk va Nicole mashinaga o'tirib uyi tomon ketishardi. Nicole juda xursand edi lekin Jk haqida bunday deyish noto'g'ri.


Pov Jk


Endi qanday unga otasi haqida aytaman. Ko'zlariga qarab "Otang o'ldi" deymanmi. Baribir u ham bilishi kerak bunga haqqi bor nima bo'lsa bo'ldi.


👤: Jk mashinani Nicolening uyiga emas balki Nicolening otasining qabriga haydadi. Ular qabristonga kirib qabrlar orasidan o'tar ekan Nicole Jkga tinmay savol berar edi. Jk esa uni eshitmaganlikga olib yurib ketaverardi


Jk birdaniga to'xtadi.Nicole ham to'xtab to'g'rida turgan otasing qabrtoshini ko'rib qotib qoldi.


Nicole: Jk bu kim nega meni bu yerga olib keldingiz🥺

Jk: Nicole o'zingni bos


Nicole: Jk ha...hazillashyapsiza, nega bu yerga keldik


👤: Nicole chiday olmay oxirgi so'zlarini baqirib gapirdi va yerga o'tirib yig'lay boshladi.


Nicole: U qachon o'ldi

Jk: 3 hafta bo'ldi


👤: Nicole Jkning bu gapidan battar baqirib yig'lay boshladi.

Nicole: Nega menga aytmadingiz ahir men uni qizimanku. Bunga haqqim bor ediku. Otamning oxirgi paytlarida ham yonida bo'laolmadim. Rozi qila olmadim. Qanaqa qizman o'zi


👤: Jk cho'kkalab Nicoleni bag'riga bosdi. Nicole yig'i to'la ko'zlari bilan unga qarar uni ko'ksiga tinmay urar edi.

Nicole: Siz aybdorsiz hammasiga hayotimni do'zahga aylantirdingiz. Meni otamdan ayirdingiz. Hammasiga siz aybdorsiz


👤:Nicole yig'layverganidan holsizlanib Jkning yelkasiga boshini qo'ydi. Jk uni ko'tarib mashinaga olib bordi. Ular yana o'z uylariga qaytishdi. Jk Nicolenj ko'tarib xonasiga olib chiqdi. Hizmatchilar unga ovqat olib chiqishdi lekin Nicole hamma ovqatlarni uloqtirib uyni boshiga ko'tardi. Jkni xonadan haydab xonadagi bor narsani unga uloqtirar edi


Nicole:Yo'qol ko'zimga ko'rinma hammangni yomon ko'raman.


👤:Jk honadan chiqganda Jin Tae va Sema eshik oldida turar edi.


Sema: Jk unga aytdingmi

Jk: Majbur bo'ldim😔

Tae: Unga ham qiyin

Jin:Yaxshiyam Sua o'qishda buni ko'rmagani yaxshi bo'ldi

Sema: Balki men kirarman ovunarmidi

Jk:Shunday qil iltimos


👤: Sema Nicolening xonasiga kirdi yerdagi idish siniqlaridan ehtiyotkorlik bilan o'tib Nicole tomonga bordi. Nicole karavot chetida polda tizzalarini quchoqlab tinmay yig'lar edi.


Taxminan shunaqa



🖼


Sema: Nicole yaxshimisan


👤:Nicole yarq etib Semaga qaradi. Mayus ko'zlari bilan uni quchog'iga otildi.

Nicole: Sema opa u meni dadamni o'ldirdi. Endi men nima qilaman. Undan boshqa hech kimim yo'qku 😭


👤: Nicole entikib-entikib Semaga gapiradi. Sema ham uni ovutib sochlaridan silab gapirdi



Sema: Nicole siqilma baribir hamma bu dunyodan ko'z yumadi. Bo'ldi o'zingni o'ylamasang ham bolangni o'yla

Nicole: Sema opa...😭


👤: Sema Nicoleni karavotga yotqizdi gilamdagi idish siniqlari va ovqatni hizmatchilarga tozalattirdi.


EDIT

'-'

Report Page