Solo💔⛓️

Solo💔⛓️

by kimnicole

Episode 11

Jk: Bilmayman lekin hafa bo'lishi aniq


Sema:Ishqilib bolaga ziyon bo'lmasin


Jk:Aytgancha ertaga Sua kasalxonadan chiqadi


Tae:Ha bilamiz doktori aytgan edi


Jk:Ertaga Sua chiqib olaversinchi uyog'ini nimadir qilarmiz


Jin:Sema sen ertaga yana Yunani oldiga borib kelasan albatta Tae bilan


Sema:Mafia olamida shundan boshqa qurol sotadigan odam yo'qmi


Jin:Sema u mafiya olamida yagona qurol bilan ishlovchi qiz bola. Keyin uni mollari ancha sifatli


Sema:Sifatli qurol sotadigan mingdan ortiq tanishimiz bor nega aynan u


Tae:Chunki men hohlayman


Sema: Nega aynan u


Jin:Bolalar bo'ldi urishmang hammangiz honangizga chiqing


Sema:Biz endi yosh bola emasmiz koyib honamizga chiqarib yuboradigan.


👤:Sema shunday dedida honasiga chiqib ketdi. Tae ham uni orqasidan jahli chiqqancha yugurib chiqib ketdi.


Jk:Obbo yana urush. Bular qachon odam bo'ladiya


Jin:Huddi o'zing katta odamdek gapirma. Ularning bu safargi urushi oddiymasga o'xshaydi. Semaga aniq nimadir bo'lgan


Jk:Bo'pti men charchadim. Honamga chiqaman.


Jin:To'xta ertadan hamma hizmatkorlarni chaqir. Bundan buyog'iga hamma ishni Nicole qila olmaydi.


Jk:Hop shundog'am chaqirmoqchi edim


👤:Jk mehmonxonadan chiqib ketar ekan Jinga gapirdi

_________________


Tae:Sema to'hta


👤:Sema xonasiga kirdida ko'zlarida yosh bilan orqasiga o'girildi


Sema:Nima nima deysan


Tae:Nega yig'layapsan😕


Sema:Senga usha yalmog'izni nimasi yoqadi a


Tae:Sema bilmagandek gapirma men uni sevaman. Keyin u bilan men yashayman sen emas


Sema:Senga 20yildan oshiq umrimni sarflaganim yetmadimi a. Shuncha harakatlarimga ko'rko'rona ko'z yumib yana uni tanlading


👤:Sema bor ovozi bilan baqirar edi. U so'zlarini aniq aytaolmaydigan darajada yig'lar edi.


Tae:Sema tushunmayapman nega bunday deyapsan


Sema:Nimasini tushunmaysan seni 20 yildan buyon yaxshi ko'raman


👤:Tae shu zahotiyoq jilmayib uni bag'riga bosdi. Sema yig'idan darrov to'htadi. U endigina"U ham meni yaxshi ko'rar ekan"deb o'ylab turgandi Tae quchog'idagi singlisini ovutish uchun gapirardi.


Tae: Sema sen meni singlimsan. Balki ota-onamiz boshqa-boshqa odamlardir. Bu ahamiyatsiz. Nima bo'lganidan qat'iy nazar sen meni singlimsan. Iltimos mendan boshqa narsa kutma


👤:Taening bu gapiga Semaning alami kelib ketti va uning quchog'idan chiqib o'zini ko'chaga otdi.Shu payt Jin kelib qoldi. Sema Jinni turtib eshik tomon shiddat bilan yurib ketdi.Jin tezda Taega qaradi


Jin:Unga nima bo'ldi.


Tae:Har doimgidek oddiy janjalimiz


👤:Tae bo'lgan ishni unga aytgisi kelmadi va honasiga ketdi. Jin ham bundan uncha havotir olmadi. Chunki Sema va Tae tez-tez urishib turishar Sema esa o'zini tinchlantirish uchun shaharni mashinada aylanar edi. Tae rostdan ham Sema bilan o'rtasida bo'lgan urishni oddiy janjal deb hisoblar edi lekin Semaning bu safargi niyati jiddiy edi. Sema bu safar mashinada sayr qilmadi u bor alamini ichkilikdan oldi


Pov Sema

Nega u meni sevmaydi. Meni undan nima kam joyim bor. Axir undan ko'ra ko'proq yonida bo'ldim har doim har doim uni qo'llab quvvatladim lekin u meni emas Yunani tanladi buning uchun hammasi javob beradi.


Kechki payt soat 00:00

Pov Tae

Nega u hali ham kelmadi. Soat ham allamahal bo'ldi. Menimcha uning boyagi gaplari hazil edi. Obbo boshqa chidab o'tira olmayman.Tae havotir bilan honasidan chiqdi. U endi eshigidan chiqgan ham edi Semaga to'qnash keldi.( Ularni honasi yonma-yon) Sema bo'kib ichgan. Oyog'ida zo'rg'a turardi. Tae uni bu ahvolda ko'rib jahli chiqdi. Chunki Semaning  bunaqa qilig'i yo'q edi.Tae burnini yopgancha yuzini burishtirib gapirdi


Tae:Sema ichganmisan


Sema:Ha nima edi mumkun emasmi.


Tae:Bu nima qiliq Sema


Sema:Seni ishing bo'lmasin


👤:Sema Taega qo'l siltagancha yurib borar ekan o'zini tuta olmay qoqilib tushdi. Tae uni darrov ushlab oldi


Tae:Sema o'zingdamassan yur honangga


👤:Tae Semani qo'llarini yelkasidan o'tqazib honasiga olib borib yotoqqa yotqizdi oyoq kiyimlarini yechib ustini yopib chiqib ketdi.


👤:Ertasi kuni Sua kasalxonadan chiqdi. U komadan chiqgan edi. O'zini ancha yaxshi his qilardi. Oradan 4 kun ham o'ttiki Sua oyoqqa turdi yana avvalgidek bog'ga gullar ekar daraxt shoxidagi qushlar bilan g'oyibona gaplashib o'tirar edi. Shu 4 kun ichida Sema va Tae umuman gaplashmadi hatto dasturxondayam birga o'tirishmas edi. To'g'rirog'i Sema shunday qilardi.



___



Nicole xonada kitob o'qib o'tirar edi. Birdan uni qulog'iga gitara ovozi eshitildi. Gitara ovozi juda mayin va yoqimli edi. Nicolening oyoqlari beixtiyor gitara ovozi kelgan joyga yetakladi. U ovoz tomon borib eshikni ochdi. Eshikni ochganida Jk qo'lida gitara bilan boshini egib o'tirar edi. Uning sochlari yuzini yopib turar ,uning faqat mayin pushti lablari ko'rinib turar edi.

Jk


Uzur bu bn pasdigi 1ta rasm ketb qoldi.-


Jk gitara chalishdan to'xtab darrov Nicole tomonga qaradi. U boshini ko'tarishi bilan Nicolega mayin tabassum qildi va yonidagi joyga "o'tir" degandek imo qildi. Nicole sekin borib uni yoniga o'tirdi


Jk:Nega indamay turgan eding


Nicole:Shunchaki sizga halaqit bermay dedim. Haligi siz qachondan beri gitara chalasiz. Oldin hech ham ko'rmagan edim.


Jk:Oldinlari mehribonlik uyida chalar edim. U yerdan ketgandan beri qo'limga olmagandim.



Nicole:Juda ham chiroyli chalar ekansiz



Jk:Senga yoqdimi hohlasang o'rgataman



Nicole:Yaxshi bolardi lekin....



Jk:Nima lekin



Nicole:Sizga 5 kun oldin dadamni ko'rgani boraylik degan edim. Lekin Sua kelgani uchun indamagandim. Iltimos boraqolaylik




Jk o'zini huddi unitgandek tutib hayrat bilan gapirdi.



Jk:Ha aytgancha esimdan chiqibdi. Bo'pti bo'lmasa ertaga boramiz



Nicole:Yo'q o'tgan safar ham shunday degan edingiz. Keyin yana qolib ketadi. Iltimos hozir boraylik🥺



Jk:Mayli bor kiyin



👤:Jk qo'lidagi gitarani oldidagi shisha stolga qo'yib o'rnidan turdi. Nicole esa hursandligidan yugurib borib shoshilgancha kiyindi va biroz pardoz qilib shkafdan 1 hafta oldin otasi uchun to'qigan sharfni olib sumkasiga soldi.

Jk va Nicole mashinaga o'tirib uyi tomon ketishardi. Nicole juda hursand edi lekin Jk haqida bunday deyish noto'g'ri edi.



Pov Jk

Endi qanday unga otasi haqida aytaman. Ko'zlariga qarab "Otang o'ldi"deymanmi. Baribir u ham bilishi kerak bunga haqqi bor nima bo'lsa bo'ldi.



👤:Jk mashinani Nicolening uyiga emas balki Nicolening otasining qabriga haydadi. Ular qabristonga kirib qabrlar orasidan o'tar ekan Nicole Jkga tinmay savol berar edi. Jk esa uni eshitmaganlikga olib yurib ketaverardi

Jk birdaniga to'xtadi. Nicole ham to'xtab to'g'rida turgan otasing qabrtoshini ko'rib qotib qoldi.


Nicole:Jk bu kim nega meni bu yeega olib keldingiz🥺

Jk:Nicole o'zingni bos

Nicole:Jk ha...hazillashyapsizmi nega bu yerga keldik


👤:Nicole chiday olmay ohirgi so'zlarini baqirib gapirdi va yerga o'tirib yig'lay boshladi.


Nicole: U qachon o'ldi

Jk: 3 hafta bo'ldi


👤:Nicole Jkning bu gapidan battar baqirib yig'lay boshladi.


Nicole:Nega menga aytmadingiz ahir men uni qizimanku. Bunga haqqim yo'q edimi. Otamning ohirgi oaytlarida ham yonida bo'laolmadim.


👤:Jk   cho'kkalab Nicoleni bag'riga bosdi. Nicole yig'i to'la ko'zlari bilan unga qarar uni ko'ksiga tinmay urar edi.


Nicole:Siz aybdorsiz hammasiga hayotimni do'zahga aylantirdingiz. Meni otamdan ayirdingiz. Hammasiga siz aybdorsiz


👤:Nicole yig'layverganidan holsizlanib Jkning yelkasiga boshini qo'ydi. Jk uni ko'tarib mashinaga olib bordi. Ular yana o'z uykariga qaytishdi. Jk Nicolenj ko'tarib honasiga olib chiqdi. Hizmatchilar unga ovqat olib chiqishdi lekin Nicole hamma ovqatlarni uloqtirib uyni boshiga ko'tardi. Jk ni honadan haydab honadagi bor narsani unga uloqtirar edi


Nicole:Yo'qol ko'zimga ko'rinma hammangni yomon ko'raman.


👤:Jk honadan chiqganda Jin Tae va Sema eshik oldida turar edi.


Sema:Jk unga aytdingmi

Jk:Majbur bo'ldim😔

Tae:Unga ham qiyin

Jin:Yaxshiyam Sua o'qishda buni ko'rmagani yaxshi bo'ldi

Sema:Balki men kirarman ovunarmidi

Jk:Shunday qil iltimos


👤:Sema Nicolening honasiga kirdi yerdagi idish siniqlaridan ehtiyotkorlik bilan o'tib Nicole tomonga bordi. Nicole karavot chetida polda tizzalarini quchoqlab tinmay yig'lar edi.

Taxminan shunaqa



Sema:Nicole yaxshimisan


👤:Nicole yarq etib Semaga qaradi. Mayus ko'zlari bilan uni quchog'iga otildi.


Nicole:Sema opa u meni dadamni o'ldirdi. Endi men nima qilaman. Undan boshqa hech kimim yo'q edi.😭


👤:Nicole entikib entikib Semaga gapiradi. Sema ham uni ovutib sohlaridan silab gapirdi


Sema:Nicole siqilma baribir hamma bu dunyodan ko'z yumadi. Nicole bo'ldi o'zingni o'ylamasang ham bolangni o'ylaNicole:Sema opa...😭Sema Nicoleni karavotga yotqizdi gilamdagi idsih siniqlari va ovqatni hizmatchilarga tozalattirdi.


Report Page