Snickers 

Snickers 


«Yo‘l-yo‘lakay Snickersla!» aksiyasi ofyortasi

«Yo‘l-yo‘lakay Snickersla!» aksiyasida ishtirok etish shartlari


«Snickers®» SB tomonidan o’tkazilayotgan sovg’alar o’ynatilishida ishtirok etish shartlari

1. «Snickers®» shokoladini xarid qil, aynan:

- Massa nettosi 50,5 gramm bo‘lgan SNICKERS® qadog‘i;

- Massa nettosi 95 gramm bo‘lgan SNICKERS® qadog‘i. Albatta chekni saqlab qo‘y.


2. @snickers_uzbot botidan ro’yxatdan o’t.

3. Xarid qilingan  va qog’ozi ochilgan «Snickers®» shokoladi fotosuratini yuklash

4. Har hafta smartfon o‘ynalishida ishtirok et.

5. Test-kapchani o‘t va har kuni o‘ynatiladigan sovg‘alar: telefon balansiga 15 000 so‘m va  «Snickers®» shokoladi  shou-boksi

Cheklovlar:

- BUTUN AKSIYA DAVOMIDA ISHTIROKCHI BITTA HAR HAFTA O‘YNATILADIGAN VA BITTA HAR KUNI O‘YNATILADIGAN SOVG‘ANI YUTISHI MUMKIN.

- Bir haftada 5 ta fotosurat jo‘natishga ruxsat etiladi.

- Bitta fotosurat bitta o’yinda ishtirok etadi. O’yin o’tib bo’lganidan so’ng, dushanba kuni barcha jo’natilgan fotosuratlar kuyadi.

- Keyingi o’yinda takror ishtirok etish uchun, «Snickers®» SB mahsulotining boshqa shokoladini xarid qilish va u ochilgan holda tasvirlangan yangi fotosuratni yuborish lozim bo’ladi.


Aksiya nomi: «Yo‘l-yo‘lakay Snickersla» - (keyingi o’rinlarda – «Аksiya»).

 

Aksiya lotoreya hisoblanmaydi, unda ishtirok etish Ishtirokchilarning pul mablag’lari tikilishini talab qilmaydi va risklarga asoslanmagan.

·             Aksiyada ishtirok etish majburiy emas.

·             Aksiya bo’lib o’tadigan umumiy muddat: 2019 yilning 1 sentyabridan 2019 yilning 31 oktyabrigacha**.

·             Aksiya o’tadigan hudud: O’zbekiston Respublikasi.

·             Aksiya tashkilotchisi: «ИП BAKIEV TIMUR SERVEROVICH». «MARS» MChJning ishonchli vakili

·            Tashkilotchi ushbu shartlarga o’zgartirish kiritish huquqini o’zida qoldiradi va kiritilgan o’zgartirishlarni albatta Telegram-botda e`lon qilib boradi.

·        

1. AKSIYA ISHTIROKCHISINING AKSIYANING @Snickers_uzbot TELEGRAM-BOTIDAN RO’YXATDAN O’TISHI, AKSIYA ISHTIROKCHISINING USHBU QOIDALAR BILAN TANISHGANINI VA UNING SHARTLARIGA TO’LIQ VA HECH QANDAY SHARTLARSIZ ROZI EKANLIGINI ANGLATADI.

2. Tanlovda umumiy shartlar asosida 12 yoshdan katta bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda voyaga yetmagan shaxslarning ishtirok etishi, O’zbekiston Respublikasida belgilangan qonunchilikka asosan, ularning qonuniy vakillari orqali amalga oshiriladi. Voyaga yetmaganlar Aksiyada ishtirok etishlari uchun ularning ota-onalaridan birining yoki ularning qonuniy vakillarining roziligi hamda sovg’alarni olayotgan vaqtda ularning shaxsan ishtirok etishlari kerak bo’ladi.

     3. Aksiyada ishtirok etish uchun @Snickers_uzbot Telegram-botiga kirish, undan ro’yxatdan o’tish (telefon raqami bilan o’rtoqlashish) va «Snickers®» mahsuloti xarid qilingani tasdiqlovchi, qadog’i ochilgan shokolad fotosuratini jo’natish lozim bo’ladi.

Ishtirok etish shartlari.

Aksiyada ishtirok etish uchun, quyidagilarni amalga oshirish kerak:

    - «Telegram» ijtimoiy tarmog’ida @Snickers_uzbot o’yin botidan ro’yxatdan o’tish.

     -  «Snickers®» mahsulotlari xarid qilinganini tasdiqlovchi, qadog’i ochilgan shokoladni fotosuratga olib jo’natish.

·             Aksiya ishtirokchisining shaxsiy ID raqamini olish. Uning yordamida Ishtirokchi “Aksiya” o’yin fondidagi sovg’alar o’ynatilishida ishtirok eta oladi.

·             Agar tanlov shartlarining barchasi to’g’ri va o’z vaqtida bajarilgan bo’lsa, Ishtirokchi uning ID raqami o’yinda ishtirok etish uchun qabul qilingani to’g’risida xabar oladi. Ishtirokchi o’yin o’tkaziladigan kun kelishini va uning natijalari @Snickers_uzbot Telegram-botida e’lon qilinishini kutishi lozim.


 G’olibni aniqlash tartibi

Har hafta g’oliblari tasodifiy raqamlar generatori «randomlists.com» xizmati yordamida aniqlanadi.

Sovg’alar o’ynatilishi har hafta, dushanba kunlari 12:00 da (2019 yilning 25 mart va 9,16,23, 30 sentyabr, 7,14,21,28 oktyabr va 4 noyabr kunlarida) o’tkaziladi.

Har bir o’yinda, o’yin o’tkazilayongan kun 11:00 dan kechiktirilmay jo’natilgan fotosuratlar ishtirok etadi. 11:00 dan keyin jo’natilgan fotosuratlar – keying hafta o’yinida ishtirok etadi.

Har bir o’yinga Ishtirokchi 5 tagacha fotosuratlarni jo’natishi mumkin.


·        Test-kapchadan o‘tgan va Aksiyaning barcha shartlarini bajargan ishtirokchilar orasida har kungi sovg‘alar g‘oliblari aniqlanadi. To‘g‘ri javoblar uchun ishtirokchi bitta har kungi sovg‘ani yutib olishi mumkin.


Aksiyaning sovg‘a fondi:

·        Har hafta o‘ynatiladigan: smartfon – 9 dona.

·        Har kungi sovg‘alar: 1) 15 000 so‘m qiymatli mobil telefon balansi  – 1159 dona.; 2) «Snickers®» shokoladi shou-boksi -  61 dona.

Sovg’alarni olish tartibi.

·       Sovg’alar G’olibning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (passport) taqdim etilgan va ular ro’yxatdan o’tganda ko’rsatilgan ma`lumotlar bilan to’liq mos kelganda taqdim etiladi.

·       Sovg’alar Aksiyaning so’nggi o’yini o’tkazilgan sana 4 ноябрь 2019 yildan 15 ish kunidan kechiktirilmagan holda taqdim etiladi. Sovg’ani qabul qilib olishning so’nggi kuni – 22 noyabr 2019 yil.

·       G’olib jismoniy shaxslarning foyda solig’ini mustaqil ravishda to’lashni o’z bo’yniga oladi (agar bu kerak bo‘lsa)

·       Sovg’ani rasmiylashtirish/olish vaqtida G'olib, uni rasmiylashtirish bilan bog’liq bo’lgan, uning shaxsiy ma`lumotlari ko’rsatilgan barcha hujjatlarni imzolashni o’z bo’yniga oladi.

·       Aksiya G’olibining kerakli hujjatlarni imzolashdan bosh tortishi va/yoki boshqa yuridik kuchga ega harakatlarni amalga oshirishi, jumladan sovg'ani qabul qilib olishda talab qilinadigan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi, G'olibning sovg'ani qabul qilib olishni rad etishi kabi baholanadi.

·       Tashkilotchi G‘olibning biror bir harajatlarini, jumladan sovg‘ani olib ketish uchun sarflaydiyan transport yoki boshqa harajatlarini qoplab berishni o‘z bo‘yniga olmaydi.

·      Tashkilotchilar agar G‘olib sovg‘ani qabul qilib olish tartibida ko‘rsatilgan bandlarning birortasini buzsa, unga sovg‘ani taqdim etmaslik huquqini o‘zida qoldiradi.

    

Sovg‘ani olish uchun Aksiya g‘olibi quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportining asl nusxasi;

STIR (ИНН);

JBPD (ИНПС);

Ishtirokchining, sovg‘a narxi O‘zR SK 186-moddasiga asosan, jismoniy shaxsning qo‘shimcha daromadi deklaratsiyasiga kiritilishi to‘g‘risida ogohlantirilganligi to‘g‘risida arizasi.


Tashkilotchi quyidagilar uchun javobgar emas:

Sovg‘alarni taqdim etish uchun kerak bo‘lgan ma‘lumotlarni/hujjatlarni, Istirokchilarning o‘z aybi yoki Ishtirokchilarning va/yoki Tashkilotchilarning istagiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra, o‘z vaqtida olinmasligi;

Aksiya g‘oliblari tomonidan, sovg‘alarni qabul qilib olish Tartibida ko‘rsatilgan o‘z majburiyatlarini bajarilmasligi (o‘z vaqtida bajarilmasligi);

Aksiya G‘oliblari tomonidan Sovg‘alarni o‘z vaqtida olib ketilmasligi yoki ulardan bosh tortish holatlarida.

     Tanlovda ishtirok etgan Ishtirokchilar, ularning o‘z ixtiyori bilan taqdim etilgan barcha ma‘lumotlar, shu jumladan Tanlovda ishtirok etish uchun yuborilgan va sovg‘alar taqdimoti vaqtida olingan fotosuratlar, Tashkilotchi tomonidan, shu jumladan reklama maqsadida, ishtirokchilardan qo‘shimcha ruxsat olmagan holda va ular uchun hech qanday mablag‘lantirishlarsiz ishlatilishiga rozilik beradilar.

Sovg‘alarni taqdim etish manzili: Toshkent sh. Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 84 A.

**Fotosuratlar 2019 yil 1 sentyabr  kuni soat 00:00 dan qabul qilina boshlanadi.

Report Page