"Quvnoq startlar"

"Quvnoq startlar"

@SayxunobodXabarlari
Foto: Sayxunobod tuman hokimligi

Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan "Sardoba" suv ombori toshganli natijasida viloyatimizdagi ijtimoiy soha ob'yektlariga vaqtincha joylashtirilgan Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin tumanlari aholisini bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish hamda "1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yoshlar o‘rtasida "Quvnoq startlar" musobaqari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Foto: Sayxunobod tuman hokimligi

Shu munosabat bilan Sayxunobod tumani BO‘SM tomonidan, tumandagi Guliston mahallasidagi "Jajji bilag‘on" xususiy MTTda vaqtincha yashab turgan oila farzandlari o‘rtasida "Quvnoq startlar" musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada bolalar yaxshi ishtirok etishdi. Bolalarni kelyotgan bayram bilan tabriklab esdalik sovg‘alar berildi.

Foto: Sayxunobod tuman hokimligi

Sayxunobod tuman hokimligi Axborot xizmati

https://t.me/SayxunobodXabarlari


Report Page