BUGUNGI  TA’LIM ,ERTANGI  KELAJAK  SARI  

BUGUNGI  TA’LIM ,ERTANGI  KELAJAK  SARI  

@SayxunobodXabarlari

Qancha ko’p bilimli bo’lsak ,shuncha qudratli bo’lamiz. Sh.Mirziyoyev Mamalakatimiz mustaqillik yillaridan ijtimoiy –iqtisodiy rivojlanishning  o’ziga xos yo’lini tanlab, kadrlar tayyorlash milliy tizimi va uning mazmunini qayta tashkil etishga ,o’quv-tarbiyaviy jarayonning sifat darajasini oshirishga,O’zbekistonning xalqaro talablariga javob bera oladigan,uning zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay  oladigan mustaqil va ijodiy tafakkurli,bilimli,malakali kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor berib kelmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmonida ijtimoiy soha,xususan ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish bo’yicha ham bir qator vazifalar ham belgilangan.                                                                                                     

Biz bilamizki boshlang’ich ta’lim uzluksiz ta’limning eng asosiy poydevori hisoblanadi.Uning asosiy vazifasi dastlabki bilimlarni puxta eggalashi,ularni kundalik hayotga qo’llay olish,mantiqiy va ijodiy fikrlash,o’z-o’zini boshqarish,jamoada o’zini tuta bilish,yozma va og’zaki ma’daniyatni egallash,ta’limiy faoliyatni tashkil eta olish kabi ko’nikmalarni shakkllantira olishdan iborat.

Bugungi kunda boshlang’ich ta’lim oldiga qo’yiladiga asosiy talablarni aniqlab olish zarur.Har bir boshlangich sinf o’qituvchisi o’zining oldida juda katta ma’suliyat bor ekanligi har daqiqa anglab turishi lozim.Bu jarayonda boshlang’ich ta’limni sifatli metodik xizmat bilan ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.Bu metodik xizmatlardan foydalana olish,uni ish tajribasiga tadbiq qila olish esa o’qituvchidan ma’suliyatli mehnatni talab etadi.

Boshlang’ich ta’im uchun eng istiqbolli yo’nalish bu o’quvchilarda har bir fanga bo’lgan ko’nikma va malakalarni va shakllantira olishdir.Chunki bu o’rganilgan ko’nikma va malakalar ta’limning keyingi bosqichi, ya’ni yuqori sinfga o’tganda bola shaxsida har tomonlama yetuk dunyoqrashni ifodalay oladigan o’ziga xos modelni tadbiq etish lozim.Buning uchun esa avvalo o’quv jarayoni sifat samaradorligin ta’minlash va o’qitish texnalogiyalarini takomillashtirish zarurdir.

Kompetensiyaviy yondashuvni tanlagan boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi ”O’quvchilarga men yana qanday bilimlar bera olishim mumkin,?” degan savolga har kuni yangicha javob izlashi darkor.Faoliyatim mobaynida shu narsaga amin bo’ldimki,boshlang’ich ta’lim sohasida, har dars o’tayotgan jarayonimizning o’zida ham yangicha yangiliklarga ,holatlarga ro’baro kelamiz.Ularni qay darajada baholab,o’zlashtirib va yana qay darajada o’quvchilarga yetkaza olishimizda  esa bizning kompitensiyaviy bilimlarimiz nihoyatda zarurdir.

Boshlang’ich sinf o’qituvchisi har bir darsga alohida tayyorgarlik ko’rishi bilan bir qatorda ,o’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini ham doimiy nazoratda olib turishi lozim.Buning uchun esa darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil qilish lozim bo’ladi.Ish tajribamda bu kabi mashg’ulotlardan samarali  foydalanib borishga harakat qilaman.Bu mashg’ulotlarga kompetensiyaviy yondashgan holda har bir haftaga reja ishlab chiqish lozim.Masalan:

Birinchi besh kunlik tanlanib - Axborot bilan ishlash kompetensiyasi-mavjud axborot manbalaridan  (internet,televizor,radio,kompyuter va boshqalar)foydalana olish.Demak bu besh kunda o’quvchilar sinfga mos holatda ma’lumot yig’ishlari va bu ma’lumotlarni birgalikda darsdan keyingi mashg’ulotda tahlil qilib borishlari kerak bo’ladi.

Ikkinchi besh kunlik tanlanib –umummadaniy kompetensiya -badiiy va san’at asarlarini tushunish,ta’sirlana olish.Bu besh kunlikda o’quvchilar o’zlarining sevib o’qiydiga kitoblari ustida fikr almashishadi.

Uchunchi besh kun tanlanib –matematik savodxonlik,fan va texnika yangiliklaridanxabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi-o’qituvchi bu tanlangan kunlarda o’quvchilar bilan test sinovi o’tkazadi.

To’rtinchi besh kunlik tanlanib-Lingvistik kompetensiya –o’quvchilar bilan turli xil diktant mshg’ulotlarini  o’tkazish.Chiroyli yozuv ko’nikmasini yanada shakllantirish.

Shu kabi kunlarga mashg’ulotlar bo’linib borilib,har chorakda bu mashg’ulot turlari o’zgartirilib borilsa o’qituvchi ta’lim berishdagi o’z maqsadiga qisman erisha oladi albatta . Bu kabi mashg’ulotlar o’quvchilarda toliqish holati bo’lmasligi uchun 35-40 daqiqaga mo’ljallanadi. Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilardagi bo’shliqlar to’dirilib boriladi. Bu kabi mashg’ulotlar o’quvchilarda o’z ustida mustaqil ishlash,izlanish ko’nikmalarini shakklantirib boradi.Qolaversa sinfda mustqil fikrlash muhitini shakklanishiga xizmat qiladi.

Ta’limning rivojlanib borishida boshlang’ich ta’lim poydevor ekan,demak boshlang’ich sinf o’qituvchisi yorqin kelajakka ta’lim-tarbiya berishi uchun avvalo ijodkor,yuqori saviyadagi kasbiy ko’nikmalarga ega bo’lishi lozim.

Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang’ich sinfda barkamol avlodga xos odoblilik san’atini va ma’daniyatini, o’zbek xalqining azaliy urf-odatlarini yosh avlodning ongiga singdirish uchun mutaffakirlarimiz Alisher Navoiy,Amir Temur,Ibn Sino,Voiz Koshifiylarning o’gitlari hamda,o’zbek xalq  ertaklari,rivoyatlar va xalq og’zaki ijodi ham muhim ahamiyatga egadir.Zeroki biz ulug’lar yurti avlodimiz.Ajdodlarimizga munosib farzandni tarbiyalash esa, biz o’qituvchilar uchun juda katta sharafli   ma’suliyatdir.

 Inson bu dunyoga kelgandan keyin ,ulg’ayar ekan har kuni nimanidir o’rganib borishga intiladi.U avvalo mo’jazgina oilasida,ota –onasidan ,mahallada qo’ni-qo’shni,do’stlari ta’sirida ulg’ayib boradi.E’tibor bersak ta’limni ,tarbiyani ,Vatanga bo’lgan sadoqatni ,vatanparvarlikni,ajdodlarga bo’lgan cheksiz hurmatni maktabda biz ustozlardan o’rganadi.Vatanimizning yorqin kelajagi ta’lim bilan chambarchasdir.Vatan uchun kerakli bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalash esa bizning sharafli burchimizdir.    

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.    Ta’lim to’g’risidagi Qonun. T-1997-yil

2.    M.Pardayeva,O Musurmonqulova,A Qo’shmanov “O’quvchilarning ta’lim –tarbiyasidagi muhit” T-2015-yil

3.   Foziljon Anapiyayev “Kopetensiyaviy yondashuv:muommo va yechimlar”2017  matematika .uz/2017/kompetensiyaviy yondashuv                                                         

Malika Mamaraimova,

Sayxunobod tumanidagi 4-sonli umumiy o’rta ta’lim

maktabining birinchi toifali boshlang’ich sinf o’qituvchisi .

https://t.me/SayxunobodXabarlari



Report Page