SMM(Social Media Marketing)dan xabardormisiz?

SMM(Social Media Marketing)dan xabardormisiz?


SMM(Social Media Marketing)dan xabardormisiz?
SMM(Social Media Marketing)dan xabardormisiz?

SMM(Social Media Marketing) - ijtimoiy tarmoqlarda marketing - bu mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarni ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish ya’ni u haqda boshqalarga ma’lumot berish va xabardor qilish hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda marketing qilish hozirgi paytda eng effektiv yo’l bo’lib, siz unda o’zingizning tovar, mahsulot yoki xizmatlaringizga kimlar qiziqishini hisobga olgan holda reklama qilishingiz mumkin bo’ladi.

SMM yordamida siz nimalarga erisha olasiz?
 SMM yordamida siz nimalarga erisha olasiz?

1. Mijojlar bilan aloqani kengaytirish;

2. O’zaro munosabatlarni rivojlantirish ;

3. Tovar,mahsulot yoki xizmatlarni mavjudligini oshirish;

4. Brend yaratish, uni yurgishish, tanitish va mashhur qilish;

5. Mijozlar, foydalanuvchilarda xizmat, tovar va mahsulotga bo’lgan qiziqishni oshirish;

SMM sizga qanday qulaylik bera oladi?
 SMM sizga qanday qulaylik bera oladi?

1. Reklama beruvchilar, foydalanuvchilarning demografik ma'lumotlaridan foydalanishlari va o'zlarining reklamalarini kerakli darajada yo'naltirish imkoniga ega bo’lish;

2. Odamlar kuniga bir necha marotaba ijtimoiy tarmoqlarga tashrif buyurib, ularga ko'p vaqt sarflashgani sababli, ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalarni ko'rish, bosish va unga qiziqish ehtimoli ko’proq;

3. Ijtimoiy tarmoq sizga mijozlarni sodiqligini oshirishga yordam beradi, chunki u sizga sizning mijozlaringiz bilan to’g’ridan – to’g’ri aloqada bo’lish imkonini beradi, bu esa sizning tovar, mahsulot yoki xizmatlaringizni ularning diqqat markazida ushlab turadi;

4. Ijtimoiy tarmoqlardagi reklama iqtisodiy jihatdan samaralidir, chunki siz faqatgina mahsulotlaringiz va xizmatlaringiz bilan qiziqadigan odamlarga qaratilgansiz, sizdan, kimdir sizning reklamangizni bosganida haq olinadi va siz faqat sotib olishga tayyor odamlarning bosishlari uchun pul to'laysiz;

5. Sinovlarni o'tkazish va qaysi reklamalarning eng yaxshi ishlashini va qaysi reklamalarni o'zgartirish kerakligini aniqlash nihoyatda arzon;

6. Reklamalaringizda rasmlardan foydalanish imkoniyati mavjud, bu ularga ko'proq e'tiborni jalb qilishga yordam beradi. Bundan tashqari siz odatiy reklama kompaniyalarsiz ham reklama qila olasiz.

 

Siz ijtimoiy tarmoq orqali reklama bermoqchi bo'lsangiz maqsadli maxsus auditoriyaga ya’ni, ijtimoiy media saytlardagi foydalanuvchilar o'zlariningprofillarida ko'p shaxsiy ma'lumotlarni tarqatishga moyil bo’ladi. Siz bu ma’lumotlardan ma'lum mezonlarga, shu jumladan, ularning geografik joylashuvi, shaxsiy qiziqishlari, jinsi va yoshiga e'tibor berishingiz kerak bo’ladi.


Report Page