Samsung logotipi haqida siz bilgan va bilmagan ma'lumotlar

Samsung logotipi haqida siz bilgan va bilmagan ma'lumotlar

Najot Ta'lim

Logotipning ma'nosi va kelib chiqishi

Ushbu maqolada siz dunyodagi eng mashhur brendlardan biri Samsung logotipi tarixini bilib olasiz.

Hozirda biz Samsung kompaniyasini elektronikaning yirik ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida bilamiz, ammo dastlab 1938 yilda kompaniya oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish yo'nalishida faoliyat olib borgan. Kompaniya qo'shni Xitoy va Manchuriyaga quritilgan baliq, guruch va nonlarni yetkazib bergan. 1939 yildan boshlab sharob va guruch aroqlari kabi mahsulot turlarini kengaytirdi.

O'sha paytdagi Samsung logotipi qanday ko'rinishga ega edi?

Bu pochta markasiga o'xshash oq va qora rangli belgilardan iborat edi. Oq ierogliflar ramkasi, qora qalqon, doira, u yerda uchta yulduz porlab turgan, chunki so'zning o'zi (Samsung) "uch yulduz" degan ma'noni bergan.
Xo'sh, bu yulduzlar nimani anglatadi? Samsung logotipining ma'nosi nima?
Ehtimol, kompaniyaning egasi kompaniyani keng bozorga olib chiqa oladigan uchta o'g'li yoki buning ortidan kelishi kerak bo'lgan muvaffaqiyatni nazarda tutgan bo'lishi mumkin. Qanday bo'lmasin, bu g'oya omadli va muvaffaqiyatli bo'lib chiqdi.

Kompaniya 20-asrning o'rtalariga kelib rivojlanish haqida o'ylashni boshlaydi. Rivojlanishning birinchi bosqichi sug'urta va ko'chmas mulk biznesi bo'ldi. Shundan so'ng, haqiqiy burilish boshlandi. Ikkinchi Jahon urushi Janubiy Koreyaga ta'sir qilmadi va uning hukumati muhim bir qaror qabul qildi. Koreyaning eng yaxshi 30 kompaniyasiga soliq pasaytirildi va sanoatni rivojlantirish uchun mablag ajratildi. Iqtisodiyotning barcha sohalari 30 ta sohaga bo'lingan va har bir kompaniya bu sohalardan biriga tegishli bo'lgan. Samsung esa elektronika uchun javobgar edi va hukumatning pullari behuda ketmadi.

Kompaniya o'z logotipini yangicha ko'rinishga o'tkazdi. Chunki bu logo o'sha davrning eng yuqori texnologiyasi asosida bo'lishi kerak edi. Bundan tashqari, endi kompaniya nafaqat qo'shni davlatlarga, balki butun dunyoga o'z mahsulotlarini yetkazib berish kerak edi. Shuning uchun Samsung logotipi evolyutsiyasi sodir bo'ladi. Bundan buyon kompaniyaning nomi ingliz tilida yoziladigan va uchta yulduzli doira esa chapga siljiydigan bo'ldi. Umuman olganda, logotip rebrendingi o'sha davr uchun muvaffaqiyatli bo'ldi. Lekin, oq qora ranglar o'zgarmadi.

Samsung logotipining navbatdagi o'zgarishi ramziy ma'noga ega, chunki oq-qora televizorlar eskirgan va modadan chiqib ketgan. 80-yillarda butun dunyo uyida rangli televizor bo'lishini xohlaydi va Samsung kompaniyasi ham bunga labbay deb javob bera olishi kerak edi. Shuning uchun logotip rangsiz qolmasligi va yorqin ranglarga o'tish, zamonaviyroq qilish vaqti kelgan edi.

Logotipda uchta yulduz porlashi davom ettirildi va bu bir muncha vaqt davom etadi. 1993 yilda yana kompaniya logotipida o'zgarishlar bo'ldi. Dunyo tezlik bilan rivojlangani sari eski g'oyalarga joy qolmayotgan edi. Avvalgidek bozorda muvaffaqiyatli bo'lish uchun Samsung ochiq va tegishli global kompaniyaga aylanishi kerakligini angladi. 90-yillarning boshidagi asosiy narsalar - bu texnologik rivojlanish va zamonaviy innovatsiyalar bo'ldi. Kompaniya dunyodagi o'z chegaralarini kengaytiradi. Koreyaning Samsung ishchilari endi ommaviy ravishda G'arbyga, G'arbiy Sharqqa tarqalishni boshladi. Logotipni tubdan o'zgartirish vaqti keldi.

Aynan mana shu butun dunyoga ma'lum Samsung logotipi yaratildi. Oq harflar bilan ko'k tasvirlar paydo bo'ladi.

Yangi Samsung logotipining ma'nosi nima?

Uchta yulduz g'oyib bo'ldi, ammo kosmos bilan aloqa hanuzgacha saqlanib qoldi, chunki tasvirlar bizning koinotimizni shaklini anglatadi. E'tibor bersak, "S" harfining ustki qismi kosmosga taqalganday yaratilgan va xuddi shu holat "G" harfining pastki qismiga to'g'ri keladi. Sokin va ishonchli ko'k rang - bu okean va osmon rangidir. Samsung qo'llanmasiga binoan, harflar bo'sh joyini oq bilan to'ldirish shart emas, uni har qanday yorqin fonda shaffof qoldirish mumkin.

Dastlab tasvirlar pastki qismida ko'k rangli "elektronika" belgisi ham bor edi, ammo logotipni soddalashtirish bo'yicha umumiy kurs qabul qilinganligi sababli u uzoq davom etmadi. Bundan tashqari, logotipni faqat matn holatida ham ko'rish mumkin.

Logotipning muvaffaqiyatli ekanligi shundan dalolat beradiki, ko'plab kichik biznesmenlar oval g'oyasiga ergashib, uni o'z nomlari bilan yozib, Samsungning muvaffaqiyatini takrorlashga umid qiladilar, ammo biz bu ish oson emasligini bilamiz, chunki bu juda og'ir ish. Bu ehtiyotkorlik va iste'dodni talab qiladi.


Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Telegram: https://t.me/najotedu

Facebook: https://www.fb.com/najotedu

Instagram: https://instagram.com/najottalim

Twitter: https://twitter.com/najottalim


— Bizning manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kichik halqa

— Moʻljal: Talabalar shaharchasi, Chimboy chorrahasi, Xalq banki ro’parasida


Report Page