Sevgi

Sevgi

@XiyonaT

"Sevgi" - sen sevgi emas, haqiqiy O'g'risan !

"Sevgi" ... "Sevgi" ... "Sevgi" ... deymiz. Aslida kim o'zi-u ? E yo'g'ey, nima o'zi-u ? Qalbimizga so'roqsiz, o'g'rincha kirib kelishiga nima haqqi bor ???

@XiyonaT

 Assallom-u Aleykum, sevimli Xiyonat kanalimiz muhlislari va foydalanuvchilari ! Maqolamni sarlavhasini o'qib ajablangandirsiz. Bugun, haqiqiy bir o'g'ri bor, shu haqida biroz yozmoqchiman. Nima uchun haqiqiy deyapman ? Chunki bu o'g'ri, biz insonlarga o'xshash o'g'ri emas. Uni hechkim, (Allohdan o'zga) to'xtatib, yoki tutib bilmaydi ! Bu, shu darajada yoqimtoy, yoki yoqimli, kezi kelganda alamli o'g'riki, agar bu o'g'ri qalbingizga o'g'rilikga kirsa bormi ......... Hayotingiz butunlay o'zgarib ketadi. Xo'sh, bu juda ham mahfiyona, hechkim to'xtata olmaydigan O'g'ri kim ??? Bu qalblarning o'g'risi, "Sevgi-Muhabbat" !!! Qiziq ... Sizda bir savol tug'ulgandir. "Sevgini ham o'g'ri deyish mumkinmi ?" degan ... Ha albatta ! Har to'kisda bir ayb ! Nima dedingiz ... Hozir bularni to'liq holda tushuntirishga harakat qilaman ... "Sevgi" ... "Sevgi" ... "Sevgi" ... deymiz. Aslida kim o'zi-u ? E yo'g'ey, nima o'zi-u ? Qalbimizga so'roqsiz, o'g'rincha kirib kelishiga nima haqqi bor ??? "Sevgi" ikki beg'ubor qalbning, bir-biriga nisbatdan chin mehri ! Men uni soddagina qilib "O'g'ri" deyman. Nimaga deysizmi ? E'tibor bering: Hech kimga bildirmay, sezdirmay qalbimizga birdan kirib keladida, yurak hislarimizni o'g'irlab, o'zga bir qalbga qo'shib qo'yadi. Bu xuddi anavi ... nima desam ekan .... chet davlatlarida ko'rsatadi-yu, bir farishtacha uchib keladi-da, qo'lidagi kamoni bilan qiz yoki yigitni yuragiga qarab o'q uzadi. Natijada ikki yosh, bir-birlarini sevib qoladi. Tovba ... Bu hodisa albatta hayolan bo'ladi. Ya'ni sevib qolishni tasvirlash. Shuning uchun ham, yurak rasmiga kamon o'qini, ya'ni nayzasini suqib qo'yilgan holda ko'rsatishadi. Bu xuddi Sevgining ramziy ma'nosiga o'xshaydi. Shundan so'ng, yuragimiz "Romantika" olamiga tushib qoladi. Endi u o'g'ri, bemalol qalbimizda in qurib, yashay boshlaydi. Bu O'g'riga qalbimiz yoqish-yoqmasligini ahamiyati yo'q. Qalbimizga kirib olsa bo'lgani. To o'lgunimizcha, qalbimiz tubida biz bilan yashayveradi. Biz o'lsak, u ham biz bilan o'ladi va abadiy dunyoda ham, bizni hamrohimiz bo'ladi. Buni hechkim ko'ra olmaydi. Faqatgina his etadi xolos ... Bu so'z bilan ifodalash qiyin, ta'rifining cheki yo'q - o'g'ri "Muhabbat" dir ! ... Muhabbatni yana uch karra xizmat ko'rsatgan o'g'ri deyish ham mumkin. Qanaqasiga ??? Birinchidan: "Hech qachon uxlamaydi !" Ikkinchidan: 

"Favqulotda vaziyatda jasur. Hech narsadan qo'rqmaydi ham qaytmaydi ham !" Uchinchidan: "Bor budingizni ship-shiydom qilib ketadi !" Eng ajablanarlisi, o'g'ri Sevgi yolg'iz emas. Uning bir nechta sheriklari ham bo'larkan. Ular kimligini fahmlagandirsiz. Keling yaxshisi ularni ham nomlarini aytib o'tsam ... 

1. "Armon". 2. "Xiyonat". 3. "Ayriliq". 4. "Sog'inch". 5. "Ishonch". 6. "Mehr". 

7. "Hijron" ... vaho kazolar. Qalbimizga birinchi bo'lib o'g'rilikga, O'g'rilarning yetakchisi "Sevgi" kirarkan. Qalbimizga asta-sekinlik bilan moslashib olgach, ketidan "Ishonch" kirib kelarkan. "Sevgi" va "Ishonch" birlashishgach, bu o'rtaga "Mehr" ham kelib qo'shilarkan. Uchovlon birga bo'lishsa, biz juda ham baxtli yasharkanmiz. Sevgan insoningizni tez-tez qo'msasangiz, bilingki, endi ular uchkishi emas ! Qalbingiz tubida joylashib olgan Sevgi, Ishonch, Mehrning oldiga, "Sog'inch" ham kelib qo'shildi. Ular endi to'rt kishi. "Sevgi" yetakchilik qilsa, "Ishonch" - sevgi rishtalarni saqlab turadi. "Mehr" - yorimizni qattiq hurmat qilishimizga undasa, "Sog'inch" - sevgan insonimizni, shirin dardlar bilan sog'inib sevishimizda hissa qo'shadi. "Xiyonat", "Hijron", "Armon", "Ayriliq" .... Ular haqida yaxshisi yozmaganim ma'qul. Kimlarningdir qalbidagi eski xotiralarni eslatishini xohlamayman. Sevgi, Ishonch, Mehr, Sog'inch - kabi tuyg'ular qalbimizga kirsin-u, ammo Xiyonat, Armon, Hijron, Ayriliq - kabi tuyg'ular, qalbimizni chetlab o'tsin, inshaalloh ! Bu qalb o'g'risi, bizga sevimli yorimizni sevish va sevilishimizga yordam beradi. Qiziq, O'g'rilikga kirib, o'g'irlamoqchi bo'lgan kishisiga yordam bersa-ya ? ... Aqilli o'g'ri ekanda-bu "Sevgi" ! Shuni o'zi bir afsungarlik emasmi ? Qalb o'g'risi Sevgi, bizga nimalarni hadya etyapti ? Kimdir Sevgini umuman yo'q deydi. Kimdir esa borligiga ishonadi. Ammo, bu aqilli o'g'ri, inson qalbiga shunday kirib oladiki, o'sha sevgini yo'q degan inson ham, Sevgini borligiga bir zumda ishonib qo'ya qoladi. Shuni unutmang-ki: Bu qalb o'g'risini bizga Alloh in'om etgan ! Buni men hazil tariqasida o'g'ri deb tushuntiryapman. Aslida Sevgi buyuk tuyg'udir ! Erkak va Ayol o'rtasidagi chin mehr va hurmatni ifodalab beruvchi, bu "Muhabbat !" Xo'sh, bu qalb o'g'risi nega qalbimizga o'g'rilikga kiradi ? Maqsadi nima ? Bu shunday dunyo-ki, unda son-sanoqsiz kechinmalar mavjud. Alloh bizni yaratgan ekan, bizga qo'shib, turli xil kechinmalarni yaratgan. Tabiatni, Quyoshni, Oyni, Insoniylikni ... vaho kazo. Shular qatorida Sevgini ham. E'tiborlisi shundaki, Alloh barchamizni juftimiz bilan yaratgan. Bir insonlarni emas, dunyodagi jamiyki tirik jonni. Hatto jonsiz narsalarni ham, juftiga qiyoslash mumkin. "Quyosh" bilan "Oy", "Yer" bilan "Osmon" ... Ko'ryapsizmi ? Bu Allohning buyukligi ! Bu Allohning mo'jizalari ! Alloh Sevgini, inson qalbida chin mehr va hurmat bo'lishi uchun in'om etgan ! Shunday ekan, Sevgimiz avvalo Allohga bo'lsin ! Ikki beg'ubor qalbni birlashtirib, baxt sari yetaklaydigan, bu "Muhabbat". Uni ammo hamma-ham tushunavermaydi. Sevgini bo'magan narsa deb, parvo qilishmaydi. Keling sizga bir nimani misol qilib keltirsam-u, Sevgi borligi haqida ham ozroq tushuncha kiritsam. Masalan: Kechqurun Oy chiqib, beg'ubor nurlari taratib turadi. Xo'sh, keling shu hodisada Oy umuman yo'q deb hisoblaylik. Oy degan tushuncha bor-u, lekin o'zini hechkim ko'rmagan deylik. Oy yo'g'u, lekin hammayoq yop-yorug'. Shunda men Oyni yo'q, bo'magan narsa desam, sizda savol tug'ilmaydimi, "Oy bo'lmasa, nega hammayoq yop-yorug'" degan ? Endi sevgini "yo'q, bo'magan gap" deganlar, "Agar, Sevgi bo'lmasa, nega sevib qolamiz ?". Bu o'z-o'zidan yoki shunchaki yoqtirish deb o'ylaysiz-mi ? Shuni unutmangki, Agar dunyoda Oy bo'lmasa, kechalarimiz qanday zim-ziyo bo'lardi ? xuddi shundayki, agar dunyoda Sevgi bo'lmasa, Erkak va Ayol o'rtasida hurmat va ehtirom bo'lmas edi ! Alloh Sevgini bekorga qalbimizga in'om etmagan ! Shu o'rinda bir she'r hayolimga keldi. Shuni ham e'tiboringizga havola etsam ... 


Bir kuni tark etar meni bu telba ruhim, 
Qizg'aldoq bezaydi meni, qalbimni mangu. 
Bir kuni dunyoga qayta kelarman, 
Lekin, o'shanda ham, bir insonni sevarman ! 
Irmoqlar qo'shilib daryo bo'ladi, 
Yigitlar, qizlarga shaydo bo'ladi. 
Ko'zlarga-ko'zlar tushgan zahot, 
Yurakda o'g'ri muhabbat paydo bo'ladi !!! 


Xo'sh, bu she'rda nimani his etdingiz ? Sevgini - chin qalbdan his etib, asrab avaylash kerak ! Chin Sevgi, xuddi yurak tomirlarimizda singib qolgandek, qonimizda suzib yurib, bizni turli xil yoqimli kechinmalarga boshlaydi. Hayotimizga ma'no, mazmun qo'shib turadigan ham bu "Muhabbat" ! Ajoyib o'g'ri. Shunday emas-mi ? Faqat uni asray bilaylik ! Sevgi xususida meni birgina tilagim bor: "Qalb o'g'risi qalbimizga kirsin-u, inshaalloh faqatgina yaxshilikga xizmat qilsin !" "Eng kuchli deb bilgan Sevgimiz ham, avvalo Allohga bo'lsin !" 

E'tiboringiz uchun tashakkur ! 

Yangilari 👇 bosing

☑️ Telegram.me/XiyonaT 🔚

Report Page