Haftaning har jumasi “Xalqaro tadqiqotlarni amaliyotga joriy etish kuni”

Haftaning har jumasi “Xalqaro tadqiqotlarni amaliyotga joriy etish kuni”


Bugungi kunga qadar viloyatdagi 32 ta xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tayanch maktablar faoliyati alohida nazoratga olinib, pedagog-xodimlarning malaka va tajribasini oshirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirildi.

Biroq o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, viloyatdagi umumta’lim muassasalarining bu boradagi tayyorgarligi talab darajasida emas. Shunga muvofiq, endilikda ularning sonini 51 taga yetkazish bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligiga takliflar berildi.

Bugun, 26 fevral kuni viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Qo‘ldosh Saidov rahbarligida ZOOM platformasi orqali haftaning juma kuni “Xalqaro tadqiqotlarni amaliyotga joriy etish kuni” sifatida belgilanganidan kelib chiqib tashkil qilingan seminarda yuqoridagi muhim masalalar tilga olindi.

Onlayn seminarda tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlarining mudir o‘rinbosarlari, ta’lim sifati monitoringi shoʻba rahbarlari, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tayanch maktablarning direktorlari, metodistlar ishtirok etdi.

Seminarda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishga doir tashkil etilayotgan o‘quv-amaliy seminarlarda amalga oshiriladigan tadbirlar yuzasidan muhim tavsiyalar berildi. Ayni paytda bu borada yuqori tajribaga ega bo‘lgan Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 17-maktab, Pastdarg‘om tumanidagi 56-maktab va Samarqand shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari ilg‘or tajribalaridan unumli foydalanish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Har haftaning juma kunlari tayanch maktablar o‘rtasida tajriba almashish, qilingan ishlar yuzasidan ma’lumot berib borish ta’kidlandi.

SamVXTB axborot xizmati.

__

📌 Samarqand viloyati Хalq ta’limi boshqarmasining rasmiy kanallari:

Telegram: 👉 t.me/samarqandvxtb

Facebook: 👉 www.facebook.com/SamarqandVXTB


Report Page