seminar

seminar


Bugun Farg’ona politexnika institutida "Kimyo-texnologiya" fakultetining professor-o’qituvchilari ishtirokida xalqaro va mahalliy loyihalar hamda maqolalarni joylashtirish bo’yicha o’quv-seminar bo’lib o’tdi.

Yuqoridagi mavzu yuzasidan, "Elektronika va asbobsozlik" kafedra mudiri Akmal Qo’chqorov seminar qatnashchilariga tushuntirish ishlari olib bordi. Bugungi kunda ko’p foydalanib kelinayotgan “Google scholor va korporativ pochta” dasturlarida ishlash bo’yicha ishtirokchilarga RTTM xodimlari tomonidan kerakli ma’lumotlar berib o’tildi. Shu bilan birgalikda Asadbek Isroilov ham xalqaro loyihalar, jumladan, Erasmus +, HORIZON, LIFE, DIGITAL va boshqa toifadagi Yevroittifoq miqiyosidagi ochiq loyihalar tanlovlari, loyihani qay tartibda topshirish, teamwork, loyihaga va jamoaga qo'yiladigan talablar, loyihaning texnik jihati, moliyaviy tahlili hamda professor-o'qituvchilarda xalqaro miqiyosda loyihalar mavjud bo'lsa, ularni implementatsiya qilish uchun institutning maxsus xalqaro loyihalar bilan ishlash bo'yicha mutaxassislar jamoasiga murojaat qilishlari mumkinligi to’g’risida tushunchalar berib o'tdi.

Report Page