Samsung Galaxy S8ning kloni uning rasmiy taqdimotidan oldin paydo bo‘ldi.

Samsung Galaxy S8ning kloni uning rasmiy taqdimotidan oldin paydo bo‘ldi.

BMBOX.COM

Kechagina biz Galaxy S8, Note 7 va Galaxy S8+ smartfonlarining Weibodagi (Twitterning xitoycha muqobili) parallel solishtiruv rasmlarini ko‘rgan edik. Rasmlarning yangi to‘plami bizni bu axborotga ishonishga majbur qildi. Lekin paydo bo‘lgan Samsung Galaxy S8 Xitoyning qalbaki mahsuloti ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Xabar berishlaricha, smartfon mashhur Huaqiang North Market Xitoy elektronika do‘konida sotuvga chiqqan.

Qalbaki Samsung Galaxy S8 avval tarqalgan komplektdan boshqacharoq ko‘rinishga ega, lekin telefon Samsungning tanish konstruksiyasi bilan maqtana oladi. Ingichka panellar, dumaloqlashgan qirralar, orqa paneldagi barmoq izlari sensori va Home tugmasining yo‘qligi bizga so‘nggi axborotlarda berilgan Galaxy S8ning tasvirlarini eslatadi.

Shunday bo‘lsada, ular orasidagi farqlar yaqqol namoyon, masalan, daktiloskopik datchik va yoritkich o‘rinlari almashgan. Hamda manbada aytilishicha, dinamikda boshqacha to‘rdan foydalanilgan va USB-C o‘rniga Micro USB tirqishi qo‘llangan.

BMBOX.COM Xitoy internet-maydonlaridan qalbaki smartfonlar sotib olish istagida yurganlar topilmaydi, deb umid qiladi. Chunki, faqat original mahsulot bilan ishlagani sababli, BMBOX.COM original va qalbaki smartfonlarning tashqi ko‘rinishlaridan boshqa o‘xshashliklarga ega emasliklariga ishonchi komil. 

Samsung flagmani haqidagi yangi anonslarni BMBOX.COM internet-do‘konida O‘zbekistondagi eng arzon narxlarda kutib qoling. 


Report Page