Samarqand

Samarqand

@ilmhazinasi


Axiri topdim, u meni Samarqanddan ikki yarim farsax uzoqlikdagi, “Mayman” qishlog'iga olib bordi. Bu erda “Buxoriy” nomi bilan mashhur bir olim bor ekan. Behad zehnlik, sermulohaza va andishalik bo'lib ommai-xosning suyanchig'i hisoblanar ekanlar. 

Qori Abdumalik u kishiga bir xat bergan edi, uni taqdim qildim. Xatni olishdan oldin: ”Men hech kim bilan maxfiy sirdoshlik va hech kimdan xat olmaslikka qaror qilganman” — dedilar.

Shunga qaramasdan, bizni nihoyatda mehribonlik bilan qarshilab o'z qo'llari bilan choy qaynatib ichirdilar.

Men:“Qori Usmon Olmos sizga salom yo'lladilar”—deb salomlarini yo'lladim. Uzoq vaqt “alayhissalom, alayhissalom”— deb alik olib turdilar. So'ngra “Olmos durustmi? — dedilar.

“Yaxshi, durust”—deya javob qildim.

Endi qaerga bormoqchisiz?

Buxoro yoki Shahrisabzga

Shahrisabzga kimning oldiga borasiz?

U erda tog'am yashaydilar — deb ismlarini ham aytdim.

Bilsam, domla Buxoriy Muhyiddin tog'amning shogirdi ekanlar.

Domla Buxoriy juda xursand bo'ldilar. Suhbatimiz qizib ketdi. 

Buxoriy domla: “Musulmonlarga sinalish vaqti keldi, kim sofdilu rostgo'y, kim munofiqu beburd hammasi alohida alohida bo'lib ajraydi” — dedilar. 

Domla haftada bir kun tafsir-hadisdan dars berar edilar. Bu darsga odamlar uzoq-yaqindan o'z jonlarini xatarga qo'yib kelishardi.

Qishloqdan ozgina uzoqlikda mashhur “Taxta Qoracha” tog'lari boshlanar, u tog'larda mujohidlarning qarorgohi joylashgan edi.

Ular kunora tog'dan tushib qo'qqisdan kommunistlarga hujum qilishardida, ozgina urush maydonini qizitib tezda g'oyib bo'lishardi. 

Domla Buxoriy ham mujohidlarni tarbiya etar, ham kommunistlarning bo'htonlariga javob berardilar.

Bir kun menga:

“Biz Turkiston musulmonlari kufroni ne'matga mubtalomiz, xususan hazrat ulamolarimiz inqilob seli qo'zg'alishiga qaramasdan uxlab yotishdi, qachonki sel masjid, madrasa, xonaqohlardan oshib kirganda qo'qqisdan uyg'onib ketishdi. Endi bu g'aflati azim bo'lmish gunohning kafforati o'z jonlarini qurbon qilishdan boshqa narsa bilan yuvilmaydi!” — deya hasrat qildilar.

(Davomi bor)


Report Page