MUSIQA MENING HAYOTIM

MUSIQA MENING HAYOTIM


#fan_oyligi

Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusining birinchisi yoshlar o‘rtasida san'atni keng targ‘ib etish, ularning iqtidori, qiziqishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bugungi kunda ta'lim muassasalarida ushbu vazifaning izchil ijrosini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. 

Samarqand shahridagi 58-umumta'lim maktabida aprel - amaliy fanlar oyligi doirasida tashkil qilingan "Musiqa mening hayotim" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘quvchilarimiz o‘rtasida san'atni keng targ‘ib etishga xizmat qildi. 

Tadbirda o‘quvchilar tomonidan milliy va zamonaviy musiqalarga raqslar ijro etildi. Retro qo‘shiqlarga rollar namoyish qilindi. O‘quvchilar mumtoz va estrada yo‘nalishidagi ashulalardan aytib, iqtidorlarini namoyon etishdi. 

Darhaqiqat, maktabda ushbu yo‘nalishda yillar davomida ijobiy tajriba to‘plangan. Iste'dodli o‘quvchilardan iborat xor jamoasi shahar va viloyat tanlovlarida faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. 2020-yilda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 5 tashabbus doirasida tashkil qilingan tanlovda birinchi tashabbus bo‘yicha 1-o‘rinni egallab, qimmatbaho musiqa asboblari bilan taqdirlandi.

Mohinur Islomova, 

58-maktabning musiqa fani o‘qituvchisi

Report Page