Samarqandda o‘quvchi qiz kiyim do‘koniga o‘g‘rilikka tushganda qo‘lga olindi.

Samarqandda o‘quvchi qiz kiyim do‘koniga o‘g‘rilikka tushganda qo‘lga olindi.

🌐OLTIARIQ_TV

》》》》



Foto: Samarqand viloyati IIB.



12-mart kuni soat 02:07 da Jomboy tuman qo‘riqlash bo‘limi TQPga tumanning Galakapa ko‘chasida joylashgan “Jasur-Sanjar savdo” MChJga qarashli kiyim do‘koniga buzib kirish holati ro‘y berganligi haqida signal kelib tushdi.

Jomboy tuman IIB TQPning tezkor harakatlanuvchi guruh a’zolari voqea joyiga yetib borib obyektni ko‘zdan kechirganda obyektning ko‘cha tomondagi oynasi g‘isht yordamida sindirilganligi aniqlangan. Do‘kon ichida bo‘lgan 18 yoshli T.M. qo‘lga olingan.



Kiyim-kechak do‘koniga o‘g‘rilikka kirgan T.M. Jomboy tumanidagi 26-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi ekanligi aniqlangan va tuman IIBga olib kelib topshirilgan.

Holat bo‘yicha Jomboy tuman IIB tomonidan surishtirish ishlari olib borilmoqda.


Report Page