Salom

Salom

Student 🇴🇰

Nevroz — rivojlanish sabablari va mexanizmlari, alomatlari, davolash, oldini olish

Nevroz, psixonevroz, nevrotik buzilish, nevroz kasalligi (qadimgi yunon. νεῦρον «asab» dan yangi lot. neurosis) — uzoq davom etadigan funktsional psixogen buzilishlar majmuasi. Bunday buzilishlarning klinik tasviri astenik, o’rnashib qoladigan fikrlar yoki jazava belgilari, shuningdek, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatining vaqtinchalik pasayishi bilan ta’riflanadi.




Barcha hollarda psixogen omillar bu nizolar (ichki yoki tashqi), psixologik travmaga olib keladigan vaziyatlar ta’siri, stress yoki uzoq vaqt mobaynida psixika hissiy va aqliy sferasining zo’riqishi bo’ladi.


«Nevroz» tushunchasi tibbiyotga 1776-yilda shotlandiyalik shifokor Uilyam Kallen tomonidan kiritilgan. Terminning mazmuni qayta-qayta boshqatdan ko’rib chiqilgan, lekin hozirgacha uning umume’tirof qilingan ta’rifi yo’q. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, tibbiyot va biologiyada oliy asab faoliyatining turli funktsional buzilishlari ham «nevroz» deb nomlanadi.


«Nevroz» termini hozirda Amerika Qo’shma Shtatlarida professional psixiatrik hamjamiyat tomonidan ishlatilmaydi. Amerika psixik buzilishlar diagnostik va statistik qo’llanmasining 1980 yilda DSM-III uchinchi nashridan boshlab «nevrozlar» bo’limi bekor qilindi. Misol uchun, depressiv nevroz o’rniga distimik buzilish, obessiv-kompulsiv nevroz o’rniga obessiv-kompulsiv buzilish, ipoxondrik nevroz o’rniga ipoxondriya kiritildi.


Mundarija:

Nevroz rivojlanishining sabablari va mexanizmlari

Ajratish mezonlari

Nevroz alomatlari va belgilari

Ruhiy alomatlar

Jismoniy alomatlar

Nevrozning boshqa kasalliklar va alomatlar bilan aloqasi

Bosh og’rig’i

Vegetotomirli distoniya

Panik buzilishlar, fobiya, tashvish hissi

Nevroz kasalligini davolash

Nevroz kasalligini oldini olish

Nevroz rivojlanishining sabablari va mexanizmlari


I. P. Pavlov o’zining fiziologik ta’limoti doirasida nevrozni noadekvat kuch va tashqi qo’z’g’atuvchilar ta’siri tufayli miya po’stlog’ida o’ta zo’riqish natijasida oliy nerv faoliyatining surunkali uzoq vaqt buzilishi deb belgilangan. XX asr boshlarida «nevroz» klinik atamasini nafaqat odamlarga, balki hayvonlarga nisbatan ham qo’llash ko’p bahs-munozaralarga olib keldi.


Psixoanalitik nazariyalar nevrozni va uning alomatlarini asosan chuqur psixologik nizo natijasi sifatida ifodalaydi. Bunday nizo insonning asosiy ehtiyojlarini qondirishga to’sqinlik qiladigan va uning kelajagiga tahdid soladigan, inson unga qarshi kurashadigan, lekin yenga olmaydigan uzoq vaqt saqlanadigan ijtimoiy vaziyatlar sharoitida shakllanadi deb taxmin qilinadi.


Zigmund Freyd bunday nizolarni «Id»ning instinktiv talablarni jamiyatdagi odob-axloq va me’yorlarni nazarda tutadigan «Super-Ego» tomonidan bostirilishidagi fundamental qarshiliklarda ko’rgan.


Karen Xorni hisoblashicha, nevrozning fundamental nizosi — shaxsning mos kelmaydigan himoya tendentsiyalari o’rtasidagi qarama-qarshilikning natijasidir. Xorlik, ijtimoiy izolyatsiya, ota-onalarning mutlaq boshqaruvchi mehr-muhabbati, beparvo va tajovuzkor munosabat kabi noqulay ijtimoiy omillardan himoyalanish uchun, bola «odamlar tomon», «odamlarga qarshi» va «odamlardan nari» yo’nalishlarga asoslangan himoya usullarini shakllantiradi.


Odamlar tomon harakat qilish, asosan, bo’ysunish, sevish, himoya qilishni ifodalaydi.

Odamlarga qarshi harakatlar odamlar ustidan hokimiyat o’rnatishga, shuhratga, tan olinishga, muvaffaqiyatga, kuchli bo’lishga va hayot bilan kurashishga intilishni ifodalaydi.

Odamlardan nari harakati mustaqillik, erkinlik, odamlardan holi bo’lish zaruriyatini ifodalaydi.

Nevrotik bemor bir vaqtning o’zida barcha uch tendentsiyalarga ham moyil bo’ladi, lekin ulardan biri ustunroq bo’ladi, shuning ustun nevrotiklarni «bo’ysunuvchi», «tajovuzkor» va «ajralgan» turlarga tasniflash mumkin. Karen Xorni himoya tendentsiyalari o’rtasidagi qarama-qarshiliklarning sababi bo’lgan muammolarga katta e’tibor bergan.


Umuman olganda, bugungi kunda ham psixologik omillar (shaxsnin

Report Page