Rossiya

Rossiya

🌐OLTIARIQ_TV

Shu kunlarda Moskva shahrida Yudashkin kids bolalar uchun mo‘ljallangan kiyimlar namoyishi o‘tkazildi, deb xabar beradi Photoshedevr.

Mazkur to‘plam namoyishida rossiyalik taniqli san’atkorlarning farzandlari model vazifasini bajardi. Ular podiumga bolalar oqshom liboslarini kiyib chiqdi.


Alla Pugachyova, Tatyana Navka va Jasmin kechaning haqiqiy yulduziga aylandi. Biroq, kichkina Liza barchaning qalbini zabt etdi.


Yangi bolalar kiyimlari to‘plamlari muallifi Galina Yudashkina hisoblanadi. Biroq dizaynerning o‘zi namoyishda ishtirok eta olmadi. Sababi, Galina ikkinchi marta ona bo‘lishga tayyorlanmoqda va hozir Amerikada,


Namoyishda shuningdek, Filipp Kirkorovning farzandlari Alla-Viktoriya va Martin, Tatyana Navkaning qizi Nadejda va Jasminning qizi Margarita ham ishtirok etdi.


Alla Pugachyovaning muxlislari 4 yoshli Lizaning sahnada o‘zini tutish madaniyati, aktrisalik mahoratiga yuqori baho bergan.


Report Page