Ronaldo

Ronaldo

So'yloq

Futbol tarixida ko'plab afsonalar o'z davrlarining qaxramoni sifatida nom qoldirgan. Bu ro'yxatga Murabbiylar darvozabonlar himoyachiyu yarim himoyachilarni kiritsak bo'ladi! Nega hujumchilar haqida gapirmadim chunki hujumchilar har doim Futbol olamining eng oldingi o'rinlarida eslanadi va muhokama qilinadi. Bu gapim bilan boshqa futbol mehnatkashlarini past nazarda tutmagan holda dunyo hujumchilari orasidagi tirik afsona Brazilyalik Ronaldo haqida vidio chiqarishni maqsad qildim.

Ronaldo 1976-yil 22-sentyabrida Brzilyaning Rio de janeryo shaxrida dunyoga kelgan. U 6 yoshligidan har bir brazilyalik kabi mahalla ko'chalarida to'p o'ynab katta bo'lardi. 12 kirib esa u Valkeyre futzal jamoasining doimiy o'yinchisiga aylandi. Keyingi yillari Ronaldo San-Kristovan jamoasiga o'tib katta futbol bilan shugʻillana boshlaydi, ikki muusobaqada jamoasi bilan qatnashib musobaqa toʻpurariga aylanadi. Shundan soʻng mutaxasislar tomonidan unga yangi Pele nomnini berishadi. 1993-yilda Ronaldo Braziliya oliy divizionida qatnashuvchi Kruzeyro jamoasi bilan profesional shartnoma imzolaydi, trasnfer baxosi 50 000 AQSH dollari tashkil qilgan. Birinchi mavsumni oʻzidayoq 1993—1994-yillarda u 57 gol kirtib butun Braziliyaga taniladi va Yevropa klublari qiziqish bildirishadi.

1994-yilda Ronaldo Gollandiyaning PSV-Endhoven klubiga 5 million funt sterling evaziga oʻtadi. Shu yilng ozida u NIKE kompaniyasi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.Luising 17 yoshligiga qaramay ilk mavsumda Gollandya chempionati toʻpurari boladi va uning jamoasi chempionatda 3 oʻrinni egallaydi. Ikkinch mavsum Ronaldo uchun omadsiz kechadi tizzasidan olgn jarohati unga oʻz saviasida oʻynashga toʻsqinlik qiladi va 3 oydan oshiq futboldan chetta qoladi.

Olimpiada oʻyinlarida ajoyb oyin koʻrsatgan Ronaldo Ispaniyaning Barcelona klubidan taklif oladi. Ronaldo Ispan superklubiga 20 million Aqsh dollari evaziga oʻtadi. Soʻyloqning debyut oyini ortoqlik oyiniga togʻri keladi .Uning uchun hammasi omadli boshlanadi golleadorlik maxoratini Ispaniya La ligasidaham korsatishga muafvaq boladi. 1996/97 mavsumda Ronaldo 49 oʻyinda 47 gol urib osha paytdagi rekord xisoblangan natijaga erishadi.Ispaniya chempionatida 37 oʻyinda 34 gol urishga erishadi. Shu mavsumni ozidayoq Ronaldo Ispaniya kubogi va kubig egalari kubigani Barcelona bilan qoʻlga kiritadi. FIFA tasnifi boʻyicha yilining eng yaxshi oyinchis nomiga sazovor boladi hamda oltin butsi egasiga aylanadi. 1997-yilda Ronaldo Italiyaning Inter klubga transfer qilinadi, koʻp yillardan beri Inter klubi prezident Massimo Moratti uni harid qilishga uringan va nihoyat oʻz orzusiga erishadi ushbu transfer uchun Moratti 25 million funt sterlingdan voz kechishga togʻri keldi va o'sha payt ushbu summa rekord qiymat xisoblangan. 1997/98 Pyanchintsey klubiga xet-trik urib Italiyalik ishqibozlar tomonidan Fenomen nomi bilan uni atay boshlashadi. Shu mavsumda internasional Uefa Kubigini yutib A seriada Yuventusdan kegin ikkinchi oʻrinda yakunlaydi va Fenomen ketma ket ikkinchi marotaba oltin to'pga ega chiqadi.

Nima uchun Ronaldo JCH-1998 finalidan oldin bunchalik lanj edi? Nima uchun o'yindan bir necha soat oldin uning ahvoli yomonlashib qolgandi? Kim unga maydonga tushishga ruxsat bergandi? Futbol tarixi va butun Braziliya uchun katta sir bo'lib qolgan voqea. Sayyoraning o'sha paytdagi eng kuchli hujumchisi bir zumda qo'lidan hech nima kelmaydigan yosh bolakayga aylanib qolgandi. Stad de Fransga ketishdan bir necha soat oldin Ronaldo o'z xonasida dam olayotgandi. Asosiy taxminga ko'ra Ronaldo uxlab yotganida ahvoli og'irlashgan. Yana bir taxmin: aslida u noqulay holatda tv orqali motopoygani tomosha qilayotgandi shunday bo'lgan. Bu haqda braziliyalik futbolchining kasalligini o'rganib chiqqan Inter klubining tibbiyot savollari bo'yicha maslahatchisi Bruno Karu malum qilgan. Tushlikdan so'ng Ronaldo erga yiqilib tushgandi, qo'li bilan yuziga urardi... Ronaldo bilan bir xonada yashagan Roberto Karlos bundan qo'rqib ketib qolganlarni baqirib yordamga chaqira boshladi. Xonaga Edmundo yugurib kirgandi. Buni ko'rganimda shokka tushgandim. Daxshatli voqea. Ronaldo erda yotardi, tishlari bir biriga jipslashgan va og'zidan ko'pik chiqardi… Uning tilini nazorat qilishi kerak edi, – deb yodga oladiEdmundo. Ronaldo uzoq vaqt noqulay holatda bo'lgan va bu yurak qon tomir tizimiga tasir qilgan. Yaxshiyam o'sha paytda yonida Roberto Karlos bor ekan, – deydi Karu. – SHifoxonada deyarli hech kim elektrokardiogrammani o'rganmas edi. U esa barchasini ko'rsatib turardi. Ronaldoga kuchli dori vositalari berilgan. Bu dorilar Ronaldoni tinchlantirdi va o'yin sifatiga tasir qildi. O'yindan so'ng u xuddi yosh bola kabi edi: uzoq vaqt oyoqda tura olmasdi, balansni ushlab turolmasdi. Ronaldo shifoxonada tekshiruvdan o'tayotganida jamoadoshlari allaqachon stadionga etib borishgandi. Final boshlanishiga 72 daqiqa qolganida to'ldirilgan birinchi qaydnomada Ronaldoga joy topilmagandi. Butun dunyo uchun bu o'ziga xos shok edi. 25 daqiqadan so'ng shifokorlar Ronaldo o'ynay olishini aytishdi. Braziliya terma jamoasi FIFAga murojaat qilgan va yulduz maydonga tushgandi. Ammo hech nima o'zgarmadi. 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng Ronaldo faylasufona gapirgandi: Biz Jahon kubogini yutqazdik, ammo men boshqa jangda g'olib bo'ldim – hayotim uchun jangda.

1998/1999-yilda Ronaldo, Inter bilan xech qanday sovringa erisha olmadi va shu yilining ozida Oltin topga boʻlgan kurashda Zidanga magʻlub boʻladi. 1999-2000 yildagi mavsum Ronaldoning faoliyatidagi eng omadsiz davrilar boshlandi Lasio qarishi o'yinda tizzasidan jiddy jarohat olib koʻz yosh toʻkkan holda maydondan olib chiqishar ekan butun oʻyingohga yegʻilgan muxlislar turgan holda uni kuzatib qoʻyishadi. Fenomen qariyb 2 yil vaqtini davolanish uchun ketqazdi. Ziko, Pele, Shumaher, Zidan kabi jahonga tanilgan sportchilar Ronaldoga tuzalishi uchun yordamlarini ayashmadi. Nixoyat maydonga qaydgach u oldinlari korsatgan oyinlarini boshqa takrorlay olmaydi deganlar koʻp edi shuning uchun undan juda kop oʻz ustida ishlash talab qilinar edi. Ronaldoning 2002 yildagi mundialdagi ishtirokini unutish qiyin. Bu shunchaki haqiqiy hujumchining o'yini emas, balki buyuk sportchining dramasi edi: deyarli ikki yil davomida jarohat tufayli maydonga tushmagan futbolchi qaytib JCH to'purari bo'lgandi. Mundialda 8ta gol gol va finaldagi Oliver Kan darvozasiga dubl, bundan yaxshiroq ishtirok bo'lmasa kerak. Ronaldo o'sha musobaqada faqat gollar bilan emas balki antiqa soch turmagi bilan yodda qolgandi. Bunga ham o'ziga yarasha sabab bo'lgan ekan. Mundialdan oldin jarohat tufayli 60 foizga tayyor edim. Barcha faqat mening ahvolim haqida gapirardim. Bazaga yangi soch turmagim bilan kelganimda hamma jarohatimni unutib yuborib sochim haqida gapira boshlagan edi, – deb aytgandi Ronaldo bir necha yildan so'ng. Antiqa soch turmagi ommalashib ketdi. Yaqinda Neymar 2002 yilda sochini xuddi shunday oldirib tashlaganini aytgandi. Jahon chempionatida ajoyb oyin korsatgan Ronaldoni Real qariyb 40 million evroga sotib oladi va birinchi mavsumdayoq ajoyib oyin korsata boshlaydi. Ammo chempionlar ligasida hali hamon omadi kelmas edi ushbu musobaqani yutish uning uchun armon bolib qoldi. 2003—2004-yillarda Ronaldo Ispaniya chempionati toʻpurari boldi shu mavsumda u 24 gol urishga muafvaq boʻladi .Keyingi ikki mavsumda Ronaldo uchun omadsiz kechdi jamoa chempionlik poygasida Barcelonaga yuqazib qoydi omadsiz davrilar endi boshlangan edi. Real Madridga Italiyalik murabbiy Fabio Kopello kelganidan soʻng Ronaldo jamoagi keragi yoqligini koʻp marotaba takidlab oʻtadi shundan soʻng 2006/2007-yilgi mavsumda jamoadan oʻz xohshi bilan ketishga qaror qildi. 

2006/2007

Ronaldo 6,67 million evro evaziga Milanga o'tadi Fenomen 99 raqam bilan maydonga tusha boshlaydi, mavsumni ikkinchi yarmini Ronaldo ancha yaxshi o'tkazdi va 7 gol urushga erishdi.

2007/2008

Ronaldoni yana jarohatlar qiynay boshladi Karlo Anchelotti uni kamdan kam hollarda maydonga tushira boshlaydi va mavsumni ikkita gol bilan yakunladi. Livornoga qarshi oʻyinda Joze Luish va Dario Knejevichlarga toʻqnashib ketib yerga qattiq tushdi tizzasida qattiq jarohat olishgiga sabab boʻladi . Ronlado 30 yoshni qarshilab boʻlgan edi bu qattiq jarohatdan soʻng barcha muxlisu mutaxasislar uni oʻz faoliyatini yakunlaydi dep oʻylashgan edi axir naqd bir yarim yil futboldan chetda qolish kerak edi. Lekin Ronlado yana qaytdi, ammo u avvalgi formasida oʻynashi juda qiyin edi yoshi ham oʻtib borardi.

Ronaldoga juda koʻp klublar qiziqishiga qaramay oʻz vataniga qaytib oʻynashni maqul koʻrdi Korintians unga hafttasiga 167 ming AQSH dollar toʻlashga rozi boʻldi va ushbu klub uni faoliyatidagi eng soʻngi jamoa boʻlib qoldi.

Nima uchun semirib ketdi?

Fabio Kapello 2006 yil Realga kelganida Ronaldoning holatidan xayratda edi. Braziliyalik futbolchi ortiqcha vaznga ega bo'lib boraverardi. U 96 kg edi… JCH-2002da qancha vaznga ega bo'lganini so'ragandim. U 84 kg deb aytgandi. Hech bo'lmasa 90 kg bo'lishini so'ragandim, ammo hech nima chiqmadi. Ammo men bilan birga ishlagan futbolchilarning eng yaxshisini aytish kerak bo'lsa baribir uni aytaman. Ronaldoni va Marko van Bastenni. O'shanda Real va Braziliya terma jamoasidagilar Ronaldoni ustidan kulishardi. Barcha braziliyalik futbolchi ko'p ovqat tanovul qilishni xush ko'radi deb o'ylardi. 2007 yilda Ronaldoda gipotireoz aniqlandi – qalqonsimon bezning gormonlari etishmovchiligi. Bu esa modda almashinuvini qiyinlashtirardi. Ronaldo yana to'rt yil qiynaldi – uni jarohatlar taqib kelardi, mashg'ulotlar og'ir o'tardi, modda almashinuvi ham o'z holiga qaytmasdi. 2011 yilda qaror qabul qilindi: tugatish vaqti keldi. Kasalligimni nazorat qilish uchun gormonlar qabul qilish kerak, ular esa futbolda doping hisoblanadi. Miyam futbolni davom ettirishni istaydi, ammo tanam xohlamaydi. Mag'lubiyatni tan olishim kerak. O'z tanamga mag'lub bo'ldim.



Report Page