Род

Род


Rus tilida otlarning rod kategoriyasi.


Rus tilida boshqa tillarda,masalan o'zbek tilida bo'lmagan hodisa-otlarning rod kategoriyasi bor.

Rus tilidagi otlar 3ta rodga bo'linadi: 

1. Mujskoy rod;

2. Jenskiy rod;

3. Sredniy rod.


Biz rus tilidagi otlarni qaysi rodga mansubligini aniqlash uchun nima qilishimiz kerak?

Bunda biz otlarning qaysi harf bilan tugaganiga e'tibor berishimiz kerak.


1. Mujskoy rod.

Bu rodga mansub bo'lgan otlar 80% holatda undosh harflar bilan tugaydi.


Masalan: шкаФ,кабинеТ,оргаН,телефон.


Barcha undosh harf bilan tugagan otlarni hech ikkilanishsiz mujskoy rodga kiritishingiz mumkin.

Biz yuqorida mujskoy rodni 80% ini undoshlar bilan tugagan so'zlar egallaydi dedik. Qolgan 20% chi? Bundan, qolgan 5% unli harf bilan tugagan ammo erkak kishini ifodalagan otlar tashkil etadi. 


Masalan: папа,дедушка,дядя,судя.


Bizda qolgan 15% otlar qolyapti bular "ь"(yumshatish belgisi) bilan tugagan otlardir. 

Rus tilida shunday holat borki "ь" bilan tugagan otlar mujskoy rodga ham jenskiy rodga ham taalluqli bo'lishi mumkin. Ularni bu ikki rodga to'g'ri ajratish uchun faqatgina lug'atdan ko'rib,eslab qolish kerak. Lekin mujskoy rodga kiruvchi "ь" bilan tugagan otlarni -арь, -тель qo'shimchalari bilan tugaganlari aniq mujskoy rodga kiradi. 


Masalan: словарь,учитель,секретарь,предприниматель.


2. Jenskiy rod.

Bu rodga "a", "я" harflari va "ь"(yumshatish belgisi) bilan tugagan otlar kiradi.


Masalan: работа,мама,няня,армия,фирма.


Yana "ь"(yumshatish belgisi)ga to'xtalamiz. Yuqorida aytib o'tganimizdek bu belgi bilan tugagan otlar nafaqat mujskoy roda balki jenskiy rodga ham taalluqlidir.

Bu otlarning jenskiy rodga tegishliligini -ость, -знь qo'shimchalarini oladi.


Masalan: жизнь,хитрость,боязнь, молодость. 

Bu otlar aniq jenskiy rodga tegishlidir.


Yana bir holat: "ж", "ч", "ш", "щ" harflaridan keyin "ь" belgisi turgan bo'lsa bu so'zlar ham hech shubhasiz jenskiy rodga taalluqli bo'ladi.


Masalan: рожь, речь, печь, вещь.


Eslatma! 

Папа,судя,дедушка,братишка bu so'zlar "a" va "я" bilan tugayapti lekin erkak kishini ifoda etayapti shuning uchun bu otlarni mujskoy rodga kiritamiz. Bu qoida!


3. Sredniy rod.

 Bu rodga oxiri "o" va "e" harflari bilan tugagan otlar kiradi va asosan jonsiz narsalarni ifodalaydi.


Masalan: море,плотенце,облако,окно.


Yodda saqlang!


So'nggi harflari "мя" bo'lgan otlar ko'rinishidan jenskiy rodga taalluqliga o'xshashiga qaramasdan ular sredniy rodga kiradi. Bu otlarni soni 10ta holos:


Имя, время, семя, знамя, бремя, пламя, племя, стремя, темя, дитя


Report Page