Hayotimizni yengillashtirishga yordam beruvchi robotlar

Hayotimizni yengillashtirishga yordam beruvchi robotlar

© Ovoza

Robotlar yoki shunchaki botlar - bu bizning hayotimizni yengillashtirish uchun mo'ljallangan kichik bir yordamchilarimiz hisoblanib, ularni turli xil amallarni bajarish uchun dasturlash tilida yozib chiqilgandir.

Bugun sizlarning e'tiboringiz markaziga Telegram messenjeri uchun mo'ljallangan 30 ta qiziqarli va foydali robotlarni havola etmoqchimiz.

Multimedia mahsulotlari bilan ishlash uchun robotlar

@iVideoBot - ushbu robot orqali YouTube videoxostingidagi istalgan videoni Telegramdan chiqmagan holda va yuklab olmoqchi bo'lgan faylimizni istalgan multimedia mahsuloti ko'rinishiga keltirishimiz mumkin. Ushbu robotdan foydalanish uchun unga YouTube dagi videofayl manzilini yuborishingiz kifoya

@utubebot ва @ytaudiobot - ushbu ikki robot ham YouTube dan videolarni yuklab olish uchun mo'ljallangan

@SaveVideoBot - bu bot istalagan platformada joylashgan videolarni yuklab olish uchun xizmat qiladi. E'tibor bering! endi Instagramdagi videolarni ham yuklab olishingiz mumkin

@auddbot- Shazam dasturining robot ko'rinishidagi turi hisoblangan ushbu robot orqali biror bir musiqadan yozib olingan parchani yuborib, qo'shiq kim tomonidan kuylangani hamda to'liq nomini bilib olishingiz mumkin.

@imageSearchBot- istalgan turdagi rasmlarni izlash uchun. Shunchaki rasm nomini yuborib, kerakli sifatni tanlang

@joinstabot- Instagramdagi layklar sonini sun'iy ravishda oshirish uchun xizmat qiluvchi robot.

Funksional robotlar

@topdf_bot-shubhasiz kerakli va ajoyib robot. U turli xil fayllarni PDF formatiga o'tkizish uchun xizmat qiladi.

@pollbot- guruh va kanallarda so'rovnomalar o'tkizish uchun eng qulay va oson bot.

@MyTeleCloudBot- Telegramdagi cheksiz fayllarni saqlash joyi. Kerakli fayllarningizni bo'limlarga ajratib saqlab qo'ying

@temp_mail_bot- birorta saytdan ro'yxatdan o'tishingiz uchun 10 daqiqa lik robot kerakmi? Unda ushbu robot sizning yaqin yordamchingiz bo'la oladi

@voicybot- ishdan charchab kelganlar uchun suhbat qurishda yaqindan beruvchi robotning vazifasi ovozli xabarlarni matnli xabarlarga o'girib beradi.

@uber_promo_bot - Uber taksilari uchun davriy ravishda sovg'a kodlari yuborib turuvchi robot.

@storebot-bu robotlar boti hisoblanib, undan istalgan robotingizni topishingiz mumkin.

@stickerdownloadbot- stikerlarni rasm ko'rinishiga keltirib beruvchi robot. Stikerlarni rasm ko'rinishida saqlash uchun ushbu robotga stiker yuboring hamda u sizga .png formatdagi rasm yuboradi.

@vincibot- rasmlar uchun istalgan turdagi filtrlar qo'yib yanada uning jozibasini oshirishingiz mumkin.

Ko'ngilochar robotlar

@Chess_Bot - Shaxmat o'ynamoqchimisiz? Unda marhamat!

@saytextbot- ushbu robot matnli xabarlarni ovozli xabarlarga o'zgartirib barchani hayron qoldirishi mumkin.

@strangerbot- tasodifiy foydalanuvchi bilan g'oyibona suhbat quring! Qayerdan bilasiz, balki siz sevgingizni va yoki yaqin do'st uchratib qolarsiz?

@PandaQuizBot- ushbu robot 25 mingdan ortiq savollar omboriga ega viktorin robotidir.

@wtwrubot - 4 ta rasm bitta so'z o'yini endi Telegramda!

Ta'limiy robotlar

@flibustafreebookbot- istalgan muallifga tegishli istalgan bepul kitoblani, hohlagan formatda yuklab olish imkonini beruvchi mo'jizaviy dastur

@andyrobot- suhbat qurish uchun yaxshi suhbatdosh kerakmi? Ingliz tilini o'rganishni istaysizmi? Ushbu robot bilan yaqindan tanishib oling :)

@phistory- tarixiy rasmlar hamda ularning batafsil izohlarini kunning turli qismlarida sizning telefoningizda!

@scinece_pop - ilmiy maqolalar, fotolar va videolarga boy robot

@ProgrammingFAbot- ushbu robot sizga dasturlash asoslari haqida tushuncha berib, unda ichki ma'lumotnomalar, teglarga izohlar hamda namunaviy kodlar berib boriladi.

@wiki- Wikipedia ensiklopediyasidan Telegramdan chiqmasdan turib foydalaning!

Biznes uchun

@DocumentConversionBot- Istalgan hujjatingizni istalgan fayl turiga o'giring!

@TrafficRobot- Telegram uchun bepul elektron pochta xizmati

@GmailBot- Ushbu robot orqali Gmail pochtangizni biriktirish orqali yangi xatlarni qabul qilishingiz, yuborishingiz va fayl biriktirishingiz mumkin.

@urluploadbot- saytlardagi turli fayllarni Telegram messenjeriga olib o'tish uchun xizmat qiluvchi robot.

@YTranslateBot- siz istagan tildan o'zbek tiliga istagan hajmdagi matnlarni tarjima qila oluvchi robot

@OVOZA - zamonaviy va innovatsion

Report Page