review

review

𝒮𝒶𝒹ℴ𝓆𝒶𝓉 𝒪𝓇𝓉𝒾𝓆ℴ𝓋𝒶

Urush ta'sirida kuymagan xonadon yóq... 


Ótkir Hoshimov_" Ikki eshik orasi"


Sodda, samimiy, oqkóngil, mehribon Ózbek xalqi! Birgina asar butun borliqni yoritib beryapti. Hayotning achchigʻini totigan xalq, tinmay mehnat qilsada róshnolik kórmagan, soddadil xalqim! Ushbu asarda yoritlgan voqealar meni bir karra ulgʻaytirib qóydi, ósha davrga tushirib qóydi, gʻamiga sherik qilib qóydi! Shunchalar yigʻlayman deb óylamagan edim. Hayotning sinovlariga dosh berib yana yashashda davom etgan xalq! 

Tógri, zolimlarni aytmaysizmi, óz oyogʻiga ózi sirtmoq ilgan xoinlar, yuraksiz, vijdonsiz hayvonlar! 

Oqsoqol buva aytganidek:

Odamzod yuz yil umr kóradimi, ming yilmi- baribir ólgisi kelmaydi. Ming yil yashagan bir sahoba " Esiz- esiz, u eshikdan kirdim-u bu eshikdan chiqib ketyapman" , degan ekan. Shunaqa bolam... Hech kim ólishni óylamaydi. Ammo Xudo odamzodga umrni ólchab beradi. Shunaqalikka shunaqaku, odamning umri necha yil yashagani bilan sanalmaydi... Bir xil odamlar bor : u eshikdan kirib bu eshikdan chiqib ketayotganida qólidan kelgancha savobli ish qiladi. Hayot degan imoratga aqalli bitta gʻisht qóyib ketadi. Yana bir xillar bor: ósha imoratdan aqalli bitta gʻishtni ógirlab ketgisi kelasi. Ógʻirlabku hech qayoqqa borolmaydi, narigi eshikka borganda baribir tashlab ketadi. Ikki orada imoratni buzgani qoladi( Umar Zakunchiga óxshab)... 


Hayotning zarbi qanchalar achchiq bólda uning tafti shunchalar issiq ekan. 


Quyosh har kuni uygʻongan zahoti jilmayib boqadiyu unsiz xitob qiladi: " Bir kiprik qoqgulik qisqagina umringizda tinch - totuv yashasalaring bólmaydimi? Goh non talashasizlar, goh shon! Goh makon talashasizlar, goh iymon? Axir hammangiz insonsiz-ku. Bir birlaring bilan qirqpichoq bólaverishlaringni kórib charchab ketdim-ku! 

Quyosh har kuni shunday deb iltijo qiladi. Ammo odamlar uning hayqirigʻini eshitmaydi. Bir biriga choh qaziydi. Bir birining kóziga chóp soladi, xiyonat qiladi.

* Oʻzingdan katta odam notoʻgʻri gapirsa ham qoʻrslik qilma, muloyimlik bilan tushuntir. 



* Odam qimmatbaho narsasini yóqotsa achinadi. Tuhmatga qolsa boshini togʻ- toshga uradi. Qadri yerga urilsa, isyon kótaradi. Yaqin kishilaridan ayrilsa dod soladi... Lekin umidingdan ayrilsang gʻalati bólarkan. Hech nimaga, hech kimga hatto óz qadringga ham achinmaysan. Dod solmaysan. Isyon kótarmaysan... Góyo sen ólgansan. Ózing ólib, quruq surating qolgan... 



         ***

Togʻda toychoq kishnaydi, ot bóldim deb, yor-yor. 

Uyda kelin yigʻlaydi, yot bóldim deb, yor-yor. 

Yigʻlama, qiz, yigʻlama, tóy seniki, yor-yor. 

Ostonasi tillodan uy seniki, yor-yor. 


Bóyi yetgan qizning orzusi osmondagi yulduzga óxshaydi. Uzoqdan yaraqlab kórinadiyu na yetasan, na tutasan. Yulduz esa olisda miltirab turaveradi. Talpinasan, hech kimga bildirmay xayol surasan.





Report Page