Ramazonda ovqatlanish borasida eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Ramazonda ovqatlanish borasida eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar

🌐OLTIARIQ_TV

•••

Pic

Oylarning sultoni bo‘lgan Ramazon oyidamiz. Bir tarafda Ramazon ibodatlari huzuri, bir tomonda to‘kin-sochin Ramazon dasturxoni. Bu oyda ro‘za tutish bilan bir qatorda sog‘ligimizni ham e’tibordan qochirmasligimiz kerak. Shuningdek, kunlarning uzayishi davrida ratsionimizning o‘zgarishi sog‘ligimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli quyidagi xatolarni takrorlamaslikka chaqiramiz.


Saharlikka uyg‘onmaslik

Saharlikka uyg‘onmaslik Ramazon oyida yo‘l qo‘yiladigan eng katta xatolardan biri. Bilamiz, normal hayotimizda ham nonushta juda katta ahamiyatga ega. Kun davomidagi sarflaydigan energiyamizning yarmidan ko‘pini nonushtadan olamiz. Tongda uyg‘onishga qiynaladigan aksar insonlar saharlikni iftorlik bilan qo‘shib yuborish “usulini” qo‘llashadi. Tananing kun davomida charchoq his qilishi va stresslar – bu ikkisining asl sababi saharlikni o‘z vaqtida qilmaslik. Shuning uchun ham Ramazon oyida vujudimiz uchun energiya to‘plash va holsizlik his qilmasligimiz uchun ham saharlikka uyg‘onishimiz kerak.


Suv iste’molini kamaytirmang.

Oxirgi yillarda Ramazon oyi yozning jaziramalariga to‘g‘ri kelgan edi. Bu galgi Ramazon oyida havo harorati pastroq. Shunday bo‘lsa-da, suv ichishni kamaytirmang. Ro‘zadan oldin kunlik ratsioningiz miqdori qancha bo‘lsa undan kamaytirmang. Vujudning davomli ravishda suvsiz qolishi bir qator kasalliklarga yo‘l ochishi mumkin. Shuning uchun suv ichishdan va suvli mahsulotlar iste’mol qilishdan erinmang.


Tuz va shakarning ortiqcha iste’mol qilinishi

Xalqimizda ajoyib bir naql bor: tuzing qochsa ham, shakaring qochmasin, deyishadi. Ishoning, normal kunlarimizda ham ortiqcha shakar foyda keltirmagan, ramazon oyida ham keltirmaydi. Bu ogohlantirish tuzga ham tegishli. Ro‘za paytida ortiqcha tuz va shakar iste’moli tananing suvsizlanishi, qon bosimi ortishi yoki kamayishiga olib kelishi mumkin.


Yog‘ va ziravorlar

Shu kabi tasvirlar

Ramazon oyida eng ko‘p iste’mol qilinadigan mahsulotlar ro‘yxatidan yog‘ va ziravorlar ham o‘rin olgan. Bu mahsulotlarning zarari ro‘za davrida yana ham o‘z kuchini ko‘rsatadi. Saharlikda yeyilgan ko‘p miqdordagi yog‘ kun davomida yurak va qon-tomir kasalliklari bo‘lgan tanani zo‘riqtiradi. Bundan tashqari, ko‘p miqdorda ziravor ham hazm davomida muammolar keltirib chiqarib, tananing suvsizlikdan qiynalishiga olib kelishi mumkin.


Gazli ichimliklar

Ramazon oyida uzoq vaqt bo‘sh qolgan va tozalangan oshqozonimizni iftorlikda gazli ichimlik bilan to‘ldirishimiz har doimgidan ham ko‘ra ko‘proq zararlashi mumkin. Bo‘sh oshqozonni shirali gazli ichimlik bilan to‘ldirish qandli diabet, oshqozon yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun Ramazon oyida gazli ichimliklar iste’moliga diqqatli bo‘ling.


Tez-tez ovqatlanishdan vaqtinchalik voz keching

Iftorlikka yaqinlashgan sayin ochlik hissi ortadi. Bu ochlik hissini nazorat qilolmaslik iftor paytida shoshilib ovqatlanishga va saharlikda ham ovqatni tez yeyishingizga olib keladi. Shuning uchun iftor vaqti kelganda kun bo‘yi namoyon qilgan sabringizni ovqat yeganda ham namoyon qiling. Ovqatni tez yeyish normal ovqatlanish vaqtida ham foyda keltirmagan. Ro‘za davrida soatlab bo‘sh qolgan oshqozonni tezlikda to‘ldirib tashlash oshqozon va yurak faoliyatini qiyinlashtirib, kun davomida holsizlik hissini keltirib chiqaradi.

Report Page