Qanday qilib haqiqiy atirni qalbakisidan farqlash mumkin?

Qanday qilib haqiqiy atirni qalbakisidan farqlash mumkin?

BMBOX.COM

Bugungi kunda kosmetika vositalarini qalbakilashtirish juda avj olgan. Atir-upalarni qalbakilashtirish esa eng ko'p uchraydigan hol bo'lib, qizlar va ayollarimiz ko'pincha bu borada chuv tushib qolishadi. Onlayn xaridlarda esa ehtiyotkorlikni yanada oshirish lozim.

BMBOX.COM Internet-do'koni faqat original mahsulotlar bilan ishlaydi. Bugun biz haqiqiy atirni qalbakisidan ajratishning 7 xil usuli bilan o'rtoqlashamiz.


1. Sellofan qadoq

Original atirni silliq, yelim izlaridan xoli bo'lgan sellofan qadoq bo'yicha farqlash mumkin. 

2. Himoya kartoni

Original parfyum qo'shimcha kartonli konstruktsiya orqali zarb va sinishdan himoyalangan bo'ladi.

3. Qadoqdagi markirovka

Atir qadoqlangan idishdagi har bir yozuv aniq, tiniq va bir tekis bo'lishi lozim. Qadoqning ekologik tozaligi haqidagi ikki ko'rsatkichdan iborat belgiga ham e'tibor berish kerak – undagi qora ko'rsatkich yuqorida joylashgan bo'lishi shart.

4. Dizayn

Qalbaki atir ishlab chiqaruvchilari odatda suddan qochish maqsadida original mahsulotdan farq qiluvchi qator o'zgartirishlar kiritishadi. Masalan, logotip biroz o'zgargan bo'lishi, atir nomidagi harflar o'rni almashgan bo'lishi mumkin.

5. Atir qopqog‘i

Qopqoq Simmetrik bo'lmagan, idishga to'g'ri kelishi qiyin bo'lgan va logotip rasmi aniq va tiniq tushirilmagan qopqoq mahsulot qalbakiligidan darak beradi.

6. Seriya raqami

Flakondagi seriya kodi yelimlanmagan, balki o'yib tushirilgan bo'lishi va atir qadog'idagi raqam bilan mos kelishi kerak.

7. Shisha

Shishada havo ko'piklari bo'lmasligi hamda shishaning o'zi notekisliklardan holi bo'lishi kerak. Bir xil qalinlik va tekis ulangan qismlar – sifatli flakondan dalolat.

Tekshirishning yana bir usuli – atirli flakonni sovutgichda bir muddat saqlash kerak – agar atir shaffofligi kamaysa, afsuski, qo'lingizdagi atir qalbaki.

BMBOX.COM dan parfyum sotib olib, siz doimo sifat kafolati va original mahsulotga ega bo'lasiz.

Biz bilan faqat original xarid!



Report Page