PURPLE💜

PURPLE💜

ℳ𝒶𝓇𝒾❤️

#1-qism davomi

#by:Purple


TUN: 1:05

𝐂𝐋𝐔𝐁


Allaqachon do‘stlari tomondan qaynoq qarshi olingan Jungkook, Clubda u uchun tayyorlab qo‘yilgan bo‘sh o‘rindiqga o‘trdi. aylanma stolning boshqa bo‘sh joylarida esa sodiq hamkasblar, do‘stlar, qo‘nim topishib, davrani to‘ldirishdi. Hamma bir biri bilan miriqib suhbatlashar ketma ket kelayotgan muvvafaqiyatlar bilan bir birini maqtar va qutlar edilar, bu chog‘ida esa , Jungkook alkogol hidi anqigan, sigareta va kalyan hidi purkab ketgan clubning har bir burchaklariga zimdan nazar solardi. Behayo qiliqlar va juda ochiq kiyingan yigit qizlarga nigohi to‘qnashganda, g‘oyat jirkanish va ko‘ngli aynish tuyg‘ularini his qilardi u ich ichidan. Halitdan bunga toqat qila olmayotgan katta mushakli bu yigit, qimmatbaho qora ko‘ylagining yuqori qism tarafidagi bir necha tugmalarini yechib tashladi.....



Ilgari bu yerlar Jungkook uchun haiqiqy orombaxsh maskaning o‘zginasi edi. Hozir esa olov purkab turgan do‘zoxdan sira farqi yo‘qdek tuyulardi.



Jungkook bu yerda chindan ham bo‘g‘ilayotgandi. Sira o‘zini qo‘yishga joy topmas, goh ortga suyanib, goh tizzasiga tayanib qulay o‘tirishga urinardi. G‘azab bilan Soclarini ortga tarab, baland musiqa ovoziga ko‘nikishga harakat qilardi. Ahir u necha yillardan buyon katta uyining qorong‘u yotoqxonasida yoki ishdan bo‘sh vaqtlari, dengiz bo‘ylarida tabiyat bag‘rida sair qilishga odatlangan. Doim u sevgilisi Purple bilan bo‘lib o‘tgan shirin damlarni eslash bilan o‘zini quvontirgan. Shuncha yillardan beri u faqat jimjitlik yolg‘izlik bilan hamroh edi. Albatta endi tungi clublar baland musiqalar va behayo sho‘x do‘stlar, hayot zarbalaridan ulg‘ayib qolgan bu erkak uchun sira to‘g‘ri kelmas edi.



Borgan sari bo‘g‘ilishdan qiynalayotgan yigit, ko‘ylagining yoqasini keskin zarb bilan uyoq buyoqa tortib tashladi. So‘ng shundoq qarshisida, stolda turgan suvga ko‘zi tushgach unga qo‘l cho‘zdi. Jungkook shoshilib qo‘liga olgan suvini hech qanday ikkilanishsiz lablariga olib kelib, og‘ziga quydi. Suv tomog‘iga tushgan on uni ta'mini endigina his qilgan Jungkook ko‘zi qinidan chiqib kettiyu barcha og‘ziga to‘ldirgan ichimligini qarshisida o‘tirgan insonga purkab yubordi.......



Shu on yeg‘ilgan insonlarning o‘rtasiga jimjitlik tushib, hammaning ko‘zi Junkook va uning lablaridan favora simon otilib chiqan suv tomchilari bilan yuzi yuvilgan Taehyunga qadaladi. Hatto sevgilisi og‘ziga sanchiqi bilan ovqat solayotgan Jimin va taom og‘ziga kirishini kutib, og‘zi lang ochiq qolgan qiz ham nima qilayotganlarini unutib bor diqqatlarini Jungkook va Taehyungga tikishdi. Bu muddat Jungkook nima ichganini anglashga urinarkan ikki ko‘zi qo‘lidagi shisha ichida, biroz ortib qolgan alcoholda edi. Chap qo‘lining kafti bilan esa, hafsalasi pir bo‘lib lablaridan oqayotgan alcogol tomchilarini sekinlik bilan artib tashlayotgan edi Ahir bu Jungkook emasmidi? Ortiq og‘ziga bunday ichimliklarni olmaslika ont ichgan??? Bu boshlanishimi? u bugun yana qancha qasamini buzishiga to‘g‘ri kelarkin???



Taehyung tishini tishiga bosib yuzidan, kiprik, qoshlaridan oqib tushayotgan alcohol tomchilariga ko'z yumgancha zo‘rg‘a toqat qilardi. Atrofda yeg‘ilgan insonlarni bari tinchlik saqlab, bundan keyingi hodisa qanday davom etishini jim kuzatishardi. Shu onda birdan hamma qahqaha otib kulib yubordi Qachonki, Harakatsiz qolgan insonlar ichida Jin o‘rnidan turib, qo‘liga to‘ldirrib olgan bir talay quruq salfetkalarni Taehyungning Yuziga yopishtirib qo‘ygandan keyin.......


Jungkook doimgdek hech qanday reaktsiya bildirmadi. Taehyung sekinlik bilan chehrasida yopishib turgan salfetkalar bilan yuzini tozalar ekan, yosh bola kabi ularni jahil qilib stol ustiga otardi. Ammo u shuni anglab yetdiki Jungkookning undan uzur so‘rash niyati yo‘q :( Jungkook Taehyungni bir lahza kuzatib turgach yuzini Jiminga burdi


-Park Jimin?!


Jungkookning bunday sovuqon ovozi eshitgan Jimin shu on kulgudan halos bo‘lib, darrov sergak tortib qoldi. U jungkookning keyingi yoqimsiz iboralarini nigohini yerga qadab kutarkan, tomig‘ini biroz qirib, yuziga jiddiy qiyofa tortdi


-siz menga hech qanday alcogollarsiz demaganmidingiz m???



Jimin og‘ir yutunib goh Jungkookni ko‘zlariga qarasa, goh ularni darrov yerga olib qochib dudqlana duduqlana suhbatni davom ettrdi



-H..Ha degandim Jungkook! Ammo bu men uchun edi,.... sen uchun boshqa ichimlik buyurtma qilishimni aytgandim.....



-ho‘sh unda u qani?


JJungkookning savolidan so‘ng Jimin chaqqacon ko‘zlarini ishga solib stol ustidan oddiy suv yoki alcohol bo‘lmagan biror ichimlik qidira boshladi. Ammo bu yerda u qidirgan ichimligini topa olmagach


-u...uni hali olib kelshmagan shekili hozir aytib yuboraman


Suhbatni zimdan kuzatayotgan Taehyung vaziyat tobora jiddiylashayotganini anglab yeta boshladi. U do‘stlarini urishib qolishlarini yoki kayfiyalari buzilishini sira istamasdi axir ular necchi yil deganda Jungkookni qaytda do‘stlar davrasida qaytara olishgandi. Endi uni kayfiyati barbod bo‘lishini xohlamasdi


Shularni o‘ylayotgan Taehyung hali hamon kiyimlarini tozalar ekan suhbatga aralashishga qaror qilidi



-Jungkook nega undan alamingni olyapsan? Ahir o‘zing e'tiborsizlik qilding, yana menga nisbatan ham e'tiborsizsan, qara nima qilganingni, ustimdan og‘zing yordamida dush quyding,bu seni do‘stlarga qilgan eng yaxshi muruvatingmidi?


Taehyungni so‘zlarini tinglagach, Jimin va, hayol surgancha yerga ko‘z tikkan Jungkook ham labiga nim tabbasun oldi. Jungkookni labida tabbasum ko‘rgan Taehyung qalbi yorishib unga yana nimadir deyish uchun og‘iz ochdi ammo ularni suhbatiga Jin aralashdi



- esingizdami? Avval ham Huddi shu yerda bizda aynan shunday hodisa ro‘y bergandi. O‘shshanda biz juda yosh edik (JiN)


- qanday hodisa haqida aytyapsan (Taehyung)


Jin og‘zidagi ovqatini beg‘am chaynar ekan layoqatsizlik bilan so‘zlarini davom etdi


-nahotki eslay olmasang? Bu o‘zimizni Purple bilan bo‘lgan


Birdan keskinlik bilan yerdan uzulgan Jungkookning nigohi Jinga qadalarkan, Jin buni sezmay gapida davom etdi


- u ham bir gal oq viskini suv deb adashtirib yuborgandi. Uni ichgan zahoti barchasini og‘zidan favora qilib to'kib sochgan edi


Jin ba'zi xotiralarni eslab ovqat chaynagancha kularkan, allaqachon uni so‘zlarini eshitib, o‘tmishdagi xotiralarni yodga olgan Taehyung Jimin va Jungkookning o‘rtasiga quyuq jimjitlik tushib qoldi


- Jungkook bilasami siz ikkingiz nafaqat tashqi ko‘rinishdan bir biringizga munosib edingiz balki ichki dunyoyingiz ham bir biriga uzluksiz bog‘liq ekan. Yillar o‘tib senga qaraganimda, Purple ni tabbasum bilan yodga olish hayolimga kelmagandi.....Chin so‘zim sen u bilan, va uni hotirasi bilan yashayverib unga juda o‘xshab qolgansan...... Ba'zida sen menga uni bazi qiliqlarini takrorlab, Purpleni yodimga solagandek bo‘lasan... (JiN)


Lablarida allaqachon tabassum o‘lgan Jimin va Taehyung o‘rtaga judda katta noqulaylik tushayotganini fahimlab ulgurishgandi. nimalar deyayotganiga ahamiyat bermayotgan Jin, Taehyung uning oyog‘iga turtib qo‘ygandan so‘ng, og‘zidan chiqan gaplarini tahlil qilgancha bir Jungkookga so‘ng yigitlarga qarab qilgan ishidan afsuslanib ketdi og‘zidagi luqmani juda qiyinchilik bilan yutib bir nuqtaga tikilb qoldi. Hech bo‘lmagnda shu kecha Jungkook azobli bu xotiralardan yiroq bo‘lshiga umid bog‘lagan Jimin, barcha harakatlari chippaka ciqayotganidan g‘azablanib o‘zini qo‘yishga joy topa ololmayotgandi.


Bunday yoqimsiz vaziyatga nuqta qo‘yishni istagan Jimin Jungkookga sovol bilan murojat qilishni istadi


- xo'sh M.r Joen Jungkook!!! nima ichishni xush ko‘radilar (Jimin)


Jungkook og‘ir xo'rsinib hech narsa bo‘lmagandek nim tabbasum bilan Jiminga qaradi


-oddiy suv bo‘lsa yo‘q demasdim:)


-juda soz bajariladi (Jimin)


Qo‘lini yuqoriga ko‘tarib afitsiyantni chorlayotgan Jimin so‘zida kesatibgina davom etdi


-ha albatta!!! Albatta suv ajoyib ichimlik.... Club aynan suv ichish uchun ajoyib joy, bu yerga yarim tunda kelib albatta bir stakan suv ichib ketish kerak😂 Jungkook sen doim juda ajoyib tanlov qilgansan men senga ta'm beraman


Hayriyatgi Jungkook Jimining so‘zlaridan hazil topa oldi. U qo‘lidan kelgancha labiga tabbasum yoyib uni ustidan kulayotgan do‘stini yelkasidan quchib uyoq buyoqa chayqatib qo‘ydi. So‘ng yana yuzini burib olis olislarga tikila boshladi huddi ko‘zlaridagi yoshni tutib qolishga urinayotgan mitti bollardek.....😔


afensant kelavermagach hafsalasi pir bo‘lgan Jimin yonida o‘tirgan sevgilisining quloqlari oldiga yaqinlashib ehtros va qaynoq nafazi bilan murojat qildi


-sevgilim? Menga suv keltirib berolasami?



Qizni Yigitning bir olam ehtros bilan suv olib kelish uchun qilgan murojati qizni ham kulgusini keltirsa, bir tarafdan aynan clubda unga nega suv kerakligi haqida bosh qotirishga majburladi. Shuning uchun Jimininga surkalgancha o‘rnidan turib suv olib kelishga ravona bo‘ldi.


*


1 daqiqadan so‘ng Jimin qo‘liga yetib kelgan suvini Jungkookga tutqazdi. Jungkook suvni so‘ngi qultumigacha ichgach boshini o'rindiqa suyagancha ko‘zlarini yumdi. Atrofida kelyotgan ovoz, kulgular, shishalardan quyilayotgan shanpan, rasqbop qo‘shiqlar ortiq unga halaqit bermayotgan edi. Balki Jungkook bularga ko‘nikib bo‘lgandir......Qaniydi u , Purple siz bo‘lgan bu qiynoqli hayotda yashash uchun ham shunday oson ko‘nikib ketolsa....... Ammo bu uni qo‘lidan kelmaydi, u hech qachon Purplesizlikka ko‘nikmaydi...


**


Jimingga suv tutqazgan qiz shu on sevimli kuyi quloqlariga yangragandan so‘ng raqs madoni ichiga kirib ketdi. Musiqa ritmiga mos raqisga tushar ekan, Jimindan ko‘zlarini uzmas, uni tinmay raqis maydoniga chorlar, shahvoniy qiliqlari bilan Jimini e'tiborini totmoqchi bo‘lardi. Sevimli kuyi tugaagandan so‘ng ham qiz yana 3 ta qo‘shiqqa raqs tushdi biroq sevgilisini yetarlicha e'tiborini qozona olmadi. Negadr g‘alati..... Qiz vaziyatni bunday bo‘lishini reja qilmagan ediku????


Hafsalasi bir bo‘lgan qiz, hansragancha do‘stlar yeg‘ilgan stol qarshisiga keldi, uzun sochi ostidan, bo‘yin qismidan oqib tushayotgan terni quruq qog‘ozlarga artarkan, uni o‘rindiqa suyangancha jim tomossha qilayotgan Jimindan ko‘z uzmasdi.


-Juda chroyli raqsga tushting.......


Unga shahvoniy tikilayotgan yigit, kulgancha labini ostki qismini tishlab, qizdan ko‘z uzmadi. Qiz esa uni so‘ziga e'tibor bermay Zarda qilgancha uni yoniga o‘tirib uni bir zum sinchikovlik bilan kuzatdi.


-Nima bo‘ldi n...nega bunday qarayapsan (Jimin)


-o‘zim shunchaki....Haligi ... Jimin?!

-ha?


-senda hammasi joyidami azizm?


-ha?! Hammasi yaxshi, nega so‘rayapsan


-shunchaki o‘zim mmmm... Seni boshing aylanmayaptimi? Sira qizib ketmayapsami? Xudi....Salqin havo yetishmayotgandek noqulay bo‘lmayapsami, balki senga mening yordamim kerakdir......


-yo‘q go‘zalim. Hammasi a'lo darjada, hovotrga hojat yo‘q


Qiz biroz o‘ylanib qoldi. So‘ng nogoh qizning ko‘zi stol ustida bo‘shab qolgan suv idishiga tushgach, yana dedi


-men senga olib kelgan suvni ichdingmi?


-ha!? Ichdim muammo bormi



-hozir o‘zingni yomon his qilmayotganinga aminmisan


-hoy yoqimtoy! Sen buncha hovotirlisan.....Men yaxshiman.


Jimin qizning yanoqlariga barmoq tekizib uni nozik silarkan qiz broz o‘ylanib qolgach kafiyati cho'kib, Jimindan yuzini olib qochdi. Bunga qayron bo‘lgan Jimin


- bu nimasi?! Muammo menda emas kasincha senda borga o‘xshaydi, biror nima bo‘ldimi?


- ha! Jimin! Ha biror narsa bo‘ldi. Men seni raqs maydoniga chorladim men bilan raqs tushishing uchun. Ammo sen Kelmadig, sen uchun raqsga tushdim hatto qo‘zg‘alib ham qo‘ymading, sen menga nistabtan hech qanday tuyg‘u his qilmaypsan???


-bu qanday bemani gap bo‘ldi,?


-gap shundaki men senga olib kelgan suvimning ichiga dori qo‘shgandim


-Nima?!


-ha Jimin, o‘zing meni yotoqa taklif qilmaganingdan keyin buni o‘zim qilishim kerak edi! Men atayin raqs tushtim, sen ichingda noqulaylik* his qilishing, boshing aylanishi, qorningda kaplaklar uchib menga ehtiyoj* his qilishing kerak edi. Ammo sen meni xohlamayapsan....


Jimin bir daqiqa qizning gaplarini yerga qarab tahlil qilarkan birdan uni hayoliga kelgan narsadan o‘zi cho‘chib ketdi " Lekin suvni Jungkook ichdiku" Jimin tezlik bilan yonga o‘giririlarkan og‘zidagi jumlalar ohiriga yetmay qoldi


-Jungkook seni ahvoling.........


Jimin Jungkook o‘trgan joyga yuz burib, allaqachon bo‘sh qolgan o‘rindiqga duch keldi!


-Jungkook! Jungkook


U do‘stining ismini takrorlagancha ko‘zi bilan uni hamma yerdan ahtara boshladi.


-fuck, fuck fuck Lia, bu nima qiliq?


- n....nima haqida aytyapsan J...jimin


- so‘rgan suv men uchun emas, Jungkook uchun edi,


-nima? Qanaqasiga? Ammo sen uni menga deganding.....


-hech umringda meni clubda suv ichganimni ko‘rganmiding Lia


Jimining o‘tkir g‘azab aralashgan nigohi qizni o‘takasini yorib, og‘zidan biror so‘z chiqmasligi uchun zamin yaratdi. Shu on raqs maydonida kuchli avj olgan, g‘ala g‘ovur Jimin o‘tirgan stol davrasidagi hammani e'tiborini raqs maydoniga qaratdi. Jimin va Lia ham o‘sha tomon havotirli tikilib turisharkan, bundan keyin nima ishlar sodir bo‘lishi ularni hayoliga ham kelmayotgandi.....


Davomi bor........

Report Page