Toshkent shahri va Mirzo Ulug‘bek tumani prokurorlari lavozimlaridan ozod etildi

Toshkent shahri va Mirzo Ulug‘bek tumani prokurorlari lavozimlaridan ozod etildi

🌐OLTIARIQ_TV

»»»

Sherzod Obloqulov. Foto: “Gazeta.uz”

Toshkent prokurori Sherzod Obloqulov lavozimidan ozod etildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz” o‘z manbalariga tayanib. U ushbu lavozimga 2017-yil iyunida tayinlangan edi.

Bundan tashqari, poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori Timur Normuhamedov ham ishdan ketgan. Uning o‘rnini Ravshan Hakimov egallagan.

Nashr manbalariga ko‘ra, prokurorlar o‘z lavozimlaridan Toshkentning sobiq hokimi Rahmonbek Usmonovning qaroriga e’tiroz bildirgan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqmagani sababli ozod etilgan.

Toshkent prokuraturasida va O‘zbekiston Bosh prokuraturasida axborotni tasdiqlashmadi ham, inkor etishmadi ham.

Report Page