Video qanday tayyorlanadi?

Video qanday tayyorlanadi?

Nilufar Isroilova

Agar siz bazm, tadbir yoki konsertni videoga olmoqchi bo‘lsangiz, jarayonni oldindan rejalashtirib olish juda muhim. Aynan qayerda video olasiz? Davomiyligi qancha bo‘ladi? Keyinchalik unga qanday ishlov berasiz? Takrorlanmas kadrlar shunchaki to‘g‘ri kelgan joydan videoga olib, professional ishlov berib, odamlarga tarqatishdan hosil bo‘lmaydi. Keling, ajoyib video tayyorlashning birinchi qadamini bilib olamiz.
Videoni tasvirga olish

1
Kamera sotib oling. Aynan nimani tasvirga olishingizga qarab, deylik, professional loyihalar uchun yuqori sifatli kamera yoki soddaroq videolar uchun istalgan kamerani sotib olishingiz mumkin. Qanday vaziyat bo‘lishidan qat‘i nazar, video tasvirga olishning birinchi bosqichi kamera sotib olishdir.
Uyali aloqa vositalari kamerasi o‘ta arzon va qulay. Bunday kameralar video olinganda, qimirlab ketaveradi va ovoz tiniq saqlanmaydi. Ammo tez muddatda va osonlik bilan video tayyorlashni xohlasangiz, telefon kamerasi yaxshi tanlov.
Raqamli fotokameralar, odatda, video tasvirga olish xususiyatiga ega, arzon va ancha yuqori sifatli bo‘ladi. SD kartali kameralarni topish va ishlatish juda oson.
HD kameralar bir necha yuz dollardan bir necha ming dollargacha narxdagi professional kameralardir. Gollivuddagi kam xarajatli filmlarning ko‘pchiligi oddiy texnika do‘konlarida sotiladigan HD kameralarda tasvirga olinadi.

2
Kerakli nuqtani toping. Tug‘ilgan kun bazmi, konsert, to‘y yoki shunga o‘xshash tadbirni tasvirga olmoqchi bo‘lsangiz, u joyga vaqtliroq boring va videoni qaysi burchaklardan turib tasvirga olish mumkinligini aniqlab oling. Sifatli mahsulot tayyorlash uchun ishlov berish jarayonini ham hisobga olib, bir nechta qulay nuqtalarni toping va turli burchaklardan turib videoga oling.
Agar yordamchingiz bo‘lsa, bir holatni bir vaqtning o‘zida turli burchaklardan tasvirga olinsa, keyinchalik ishlov berilganda, ajoyib va professional natija hosil bo‘ladi.
Odamlar ko‘p joyda ularning o‘tadigan yo‘lida turmang. Siz yaqindan va kerakli nuqtadan tasvirga olishni istaysiz, ammo u yerda yolg‘iz emasligingizni, atrofingizdagi odamlar doimiy harakatda ekanligini unutmang. Tomoshabinlarga sahnani to‘sib qo‘ymang va muqobil uzoqlikdan tasvirga oling.

3
Kamerani buring. Kutilmagan lahzalarni videoga olish uchun kamerani u yoqdan bu yoqqa burib turing. Kerakli vaqtda boshlang, kamerani tayyorlang va o‘zingiz tasvirga olmoqchi bo‘lgan kadrni videoga oling. Deylik, darvozaga tomon to‘p surayotgan bolani ko‘rishingiz bilan kamerani yoqsagiz ham, uning gol tepgan holatini katta ehtimol bilan o‘tkazib yuborishingiz mumkin.
Qisqa kadrlarni birlashtirishga urunmang. Uzilishlar bilan videoga olmang, chunki ko‘p uzilishli qisqa kadrlarni birlashtirayotganda, tartibni va aynan qaysi kadrni tanlamoqchiligingizni unutib qo‘yasiz. Yaxshisi, uzunroq muddat videoga olsangiz, keraksiz joyini ishlov berish jarayonida kesib tashlash mumkin.

4
Qimirlamasdan turing. Agar siz telefoningizda yoki uch oyoqli ustunga o‘rnatilmaydigan kamerada video olmoqchi bo‘lsangiz, iloji boricha qimirlamay turishga harakat qiling. Ko‘p qimirlab va xira olingan videoni ko‘rish odamni charchatadi yoki umuman ko‘rib bo‘lmaydi. Videoga olayotganda, o‘tirib oling va qo‘lingizni tizzangizga qo‘ying. Undan ham yaxshisi, uch oyoqli ustun sotib olish mumkin.
iPhoneda video olishda ko‘p qilinadigan xato telefonni gorizontal emas, vertikal holatda ushlab tasvirga olishdir. Bunday videoni kompyuterga yuklab ishlov bermoqchi bo‘lsangiz, videoning har ikki tarafida bo‘sh joy hosil bo‘lganini ko‘rasiz. “Landscape” stilini tanlang va kamerani gorizontal holatda ushlang. Telefonda video chiroyli ko‘rinmasa ham, kompyuterda ajoyib ko‘rinadi.

5
Ovozni yaqindan tasvirga oling. Agar video olayotganda, ovozni ham tasvirga olish kerak bo‘lsa, kamerangizning maxsus mikrofoni yoki alohida mikrofonsiz muammo kelib chiqishi mumkin. Buning oldini olish uchun yaqindan tasvirga oling.

Videoga ishlov berish

1
Tasvirni kompyuterga yuklang. Xomaki tasvirni olganingzidan so‘ng, uni kompyuteringizga yuklang va ishlov bering. Ko‘pchilik kameralar USB simi yoki SD karta orqali ulanishi mumkin. Kamerangiz turiga qarab quyidagi ko‘rsatmalardan foydalaning.

2
Ishlov beruvchi dastur yuklab oling. Yarim tayyor videoga ishlov berish uchun qirqish, o‘zgartirish, musiqa qo‘shish kabi funksiyalarga ega ishlov beruvchi dastur yuklab oling, yo‘qsa videoyingizni o‘chirib tashlasangiz ham bo‘ladi. Agar videoga boshqa kadrlar qo‘shish yoki ovozni balandlatmoqchi bo‘lsangiz, uni ishlov beruvchi maxsus dasturda ochishingiz kerak.
Eng ko‘p ishlatiladigan, bepul ishlov berish dasturlari:
iMovie
Windows Movie Maker
Avidemux
Professional ishlov berish dasturlari:
Apple Final Cut Pro
Corel VideoStudio Pro
Adobe Premiere Elements

3
Keraksiz joyini kesib tashlang. Videoni dastur orqali ochganingizdan so‘ng, tayyor mahsulot uchun keraksiz joylaringizni kesib tashlang. Takroriy sahnalardan birini olib tashlang yoki ma’lum qismini kesib oling. Videongiz turiga qarab, deylik, qaltirashlar bilan tushirilgan norasmiy tasvir yoki tekis va professional mahsulot tayyorlashingiz mumkin. Loyiha turiga qarab qaror qabul qiling.

4
Qayta tuzishdan qo‘rqmang. Alohida videolarni birlashtirayotganda, ularning o‘rnini almashtirib, voqealarni qayta tuzishdan cho‘chimang. Hamma narsani aslida bo‘lgandek ko‘rsatish shart emas. Bu videoni yanada qiziqroq qilishi mumkin. O‘z hikoyangizni yarating.

5
Oraliq o‘tish vaqti qo‘shing. Ko‘pchilik ishlov berish dasturlarida bir kadrdan boshqa kadrga sekin o‘tish uchun oraliq vaqt qo‘shish mumkin. Bu tasvirning osonroq anglanishi va kadrlar o‘zgarishining sekinlashishiga xizmat qiladi. Kadrni to‘liq tugamagan joyidan kesmang, bu sizning alohida uslubingiz bo‘lmasa albatta.

6
Ovozli effektlar yoki musiqa qo‘shing. Videoni montaj qilayotganda, unga mavzudan kelib chiqqan holda kompyuteringizdagi musiqa, ovozli effekt yoki qo‘shiqni qo‘shishingiz mumkin. Bu usul ayniqsa telefonda olingan videoga ishlov berishda qo‘l keladi, chunki telefonda olingan videoning yo ovozi bo‘lmaydi yoki ovoz xira bo‘ladi.

7
Loyihani yakunlang. Ish bitgandan so‘ng, videoni a.avi yoki a.mov formatda saqlang. Windows Media Player yoki Quicktime kabi video ko‘rishga mo‘ljallangan dasturlarda videoni ochib ko‘ring.

8
Videoni ulashing. Videoni eksport qilganingizdan so‘ng, uni qay yo‘l bilan tarqatishni o‘ylab ko‘ring. Uni DVDga yuklab disk shaklida tarqatishingiz mumkin. Shaxsiy yoki kam odam qatnashgan tadbirlarni, masalan, to‘ylarning videosini tarqatishda bu usul qo‘l keladi.
Agar videoning ko‘lami kengroq bo‘lsa, uni YouTube tarqmog‘iga yuklang. YouTube tarmog‘ida o‘z hisobingizni oching va videongizni qisqa muddatda yuklang. Qarabsizki, videongiz soniyalar ichida internet tarmog‘ida, endi siz video havolasini istalgan odamga yuborishingiz mumkin.
Agar siz videoni onlayn holatda ham maxfiy saqlanishini istasangiz, uni Vimeo hisob orqali yuklashingiz mumkin. Bunda video maxfiy kodli va yuqori sifatli bo‘ladi. Uni faqat o‘zingiz videoning maxfiy kodini jo‘natgan kishilargina ko‘ra oladi xolos.

Report Page