Prezident

Prezident

@Islohotuz

Prezident topshirig‘idagi «Mening fikrim» portali 20 aprelda ishga tushiriladi


Prezident topshirig‘idagi «Mening fikrim» portali 20 aprelda ishga tushiriladi

Foto: «Xabar.uz»

«UZINFOCOM» Yagona integratori dasturchilari tomonidan tayyorlangan «Mening fikrim» maxsus portali 2018-yilning 20-aprelida ishga tushirilishi kutilmoqda. Bu haqda «UZINFOCOM» koporativ blogida ma’lum qilindi.

«Mening fikrim» portali davlat rahbari g‘oyasi bo‘yicha qonun loyihalarini muhokama qilish jarayonida xalq deputatlari va fuqarolar, aholi tomonidan bildirilgan taklif va ko‘rsatmalardan keng foydalanishni ta’minlashga qaratilgan. Bir guruh fuqorolardan «Mening fikrim» portali orqali kelib tushgan barcha taklif va mulohazalar Oliy majlis yoki xalq deputatlari kengashlari tomonidan tegishli tartibda ko‘rib chiqiladi. Bu — qonunning yagona manbasi va muallifi xalq bo‘lishi lozim, degan ustuvor maqsadning amalga oshishiga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasidademokratiyaning ilg‘or mexanizmi sifatida jamoa bo‘lib elektron murojaat kiritish tartibini joriy etishni ta’minlovchi «Mening fikrim» portalini tashkil etish taklifini ilgari surgan edi.


Телеграм каналимзга азо бўлинг👇

Азо бўлиш 👉 https://t.me/joinchat/AAAAAENs9jWO5ljVZFSWeA

Report Page