Prezident

Prezident

@Islohotuz

Prezidentning navbatdagi manzili — «Tashkent City»

  

Prezidentning navbatdagi manzili — «Tashkent City»

Foto: «President.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 6-aprel kuni Shayxontohur tumanidagi «Tashkent City» xalqaro biznes markazi qurilishi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Poytaxtning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi 80 gektar hududda barpo etilayotgan mazkur zamonaviy kompleksda biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, kongress-xol, ko‘rgazma zallari, ko‘p qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sun’iy ko‘l, favvoralar, ijtimoiy va boshqa ob’yektlar quriladi.

Shavkat Mirziyoyev «Tashkent City» qurilish uchastkasida bo‘ldi. Besh yulduzli mehmonxona va kongress-xol qurilishining borishi bilan tanishdi.

Mazkur inshootlarni zamonaviy va sifatli qilib qurish, yirik xalqaro anjumanlarni o‘tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratish, geologiya, seysmologiya va iqlim sharoitlarini hisobga olish bo‘yicha topshiriqlar berdi.


Telegram kanalimizga a'zo bo'ling👇

A'zo bo'lish 👉 https://t.me/joinchat/AAAAAENs9jWO5ljVZFSWeA

Report Page