Present continuous

Present continuous

@profit_english


Present continuous - Davomiy hozirgi zamon.

Avvalo, bizga "verb" (fe'l) - harakatni ifodalovchi so'z kerak bo'ladi. Masalan: eat - yemoq. Fe'llarni har xil zamonlarga mos ko'rinishlari bo'ladi: yedi, yeyayotgan edi, yeyabdi, yeydi va hokazo. Bugungi darsimizda "yeyabdi" deyishni, ya'ni davom etayotgan hozirgi zamonni o'rganamiz. Buning uchun fe'lga "ing" qo'shimchasini qo'shish kerak bo'ladi:
He is eating - U ovqatlanyabdi.
Eat - eating.
Davomiy hozirgi zamonda am/is/are qo'shimchalari ishlatilishi shart!

Quyidagi kabi so'zlarda "ing" qo'shilishi bilan e harfi tushib qoladi:
come (kelmoq) - coming
smoke (chekmoq) - smoking
write (yozmoq) - writing.
Quyidagi kabi so'zlarda oxirgi harf ikkita bo'lib qoladi:
run (yugurmoq) - running
sit (o'tirmoq) - sitting
swim (suzmoq) - swimming
Quyidagi kabi so'zlarda ie o'rniga y qo'yiladi:
lie (yotmoq) - lying
die (o'lmoq) - dying

Boshqa ko'p so'zlarda hech qanday o'zgarishsiz "ing" qo'shilaveradi:
read - reading (o'qiyabdi)
learn - learning (o'rganyabdi)
watch - watching (tomosha qilyabdi).

Present continuous questions - Hozirgi davomli zamonning so'roq shakli

Question - savol. Ya'ni, davomiy hozirgi zamon fe'lida savol berishni o'rganamiz.
Esimizda bo'lsa, 2-darsda darak gapni so'roq gapga o'zgartirish uchun "To be" (am/is/are) fe'lini otdan oldinga o'tkazishni o'rgangan edik. Bu ham xuddi shunday bo'ladi. "He is walking" (U yuryapdi) bo'lsa, "Is he walking?" (U yuryapdimi?) bo'ladi.
Har bir gapda what, who, where, how kabi so'roq so'zlar ko'pincha gapning avvalida keladi. Keyin "To be" fe'li, keyin subject (ot) keyin verb (harakat so'zi) yoziladi.
What are the children doing? - Bolalar nima qilishyapdi?
Why is she crying? - U (ayol) nimaga yig'layapdi?.

Rasmda Present continuousning

darak+,inkor-,so'roq? shakli ko'rsatilgan:


Report Page