Present simple

Present simple

Rajabov Dilmurod

Present simple

Hozirgi oddiy zamon

(Hozirgi oddiy zamon) 

Formulasi: 

(Present zamonlarda ishlatiladigan shartli belgilar. S-ega degani. Subject so'zining qisqargan shakli. V-fe'l degani. Verb so'zining qisqargan shakli. 

V1-fe'lning birinchi shakli. V2-fe'lning ikkinchi shakli. V3-fe'lning uchinchi shakli. 

Fe'l ning shakllari qanday yasaladi? 

A) V1 bu fe'lning lug'atda berilgan shakli

B) V2 bu to'g'ri fe'llarga -ed qo'shimchasini qo'shish orqali yasaladi. Masalan I work+ed=I worked

C) V3 fe'lning uchinchi shakli bo'lib to'g'ri fe'llarga -ed qo'shimchasini qo'shish orqali yasaladi. 

D) noto'g'ri fe'llar 300 dan ortiq bo'lib ularni yodlash kerak

Darak gapda: S+V1 

Inkor gapda: S+do/does not +V1

So'roq shaklda do va does yordamchi fe'li egadan oldinga chiqadi. Do/ does S+V1?

Misol uchun:

Misol uchun:

Darak gaplada:


I work 

You work 

He works 

She works

It works 

We work 

You work 

They work

Inkor gaplarda:


I don't work 

You don't work 

He doesn't work 

She doesn't work 

It doesn't work 

We don't work 

You don't work 

They don't work

So'roq gaplarda:

Do I work? 

Do you work? 

Does he work? 

Does she work? 

Does it work? 

Do we work? 

Do you work? 

Do they work?

Ishlatilishi:

To'rtta o'rinda ishlatiladi. 

1. Odatiy takroriy ish harakatlar 

2. Tabiat qonunlari va faktlar hamda doim to'g'ri deb qaraladigan fikrlar 

3. Jadvallar 

4. Sharxlar

Qoidalarga misollar. 

(Avvalo tushuncha hosil bo'lishi uchun misollar o'zbekchada beriladi)

1-qoida uchun:


1. Men har doim soat 7da turaman. 

2. U haftada 6 marta maktabga boradi. 

3. Anvar odatda kechqurun soat 12da uxlaydi. 

4. Akam shifoxonada ishlaydi. 

5. Men har kuni ertalab yuguraman. 


2-qoida uchun:


1. Quyosh sharqdan chiqadi. 

2. Suv 100°C darajada qaynaydi. 

3. Suv 0°C darajada muzlaydi.

4. Qushlar bahorda uchib keladi. 

5. Barglar odatda kuzda sarg'ayadi. 


3-qoida uchun:


1. Bugun ZO'R TV kanalida ...kabi ko'rsatuvlar bo'ladi. 

2. Avtobus 7:40, 10:20, 3:50da keladi. 

3. Samolyot 4:20da jo'nab ketadi. 

4. Assalom O'zbekiston dasturi soat 6:00da bo'ladi. 

5. Fudbol TV 2:00dan 12:00da reportaj olib bormaydi. 


4-qoida uchun:


1. Messi to'pni qabul qildi uni Suarezga oshirdi. Suarez zarba berdi va goool. 

2. Qirol Malikani qo'lini so'radi. Malika rozi bo'ldi. Ular turmush qurdi...

Sharxlar degani sport o'yinlariga sharxlar. Kitobdagi voqealarga sharxlar. Kinolarga sharxlar va hokazo.

Kalit so’zlar:


 Present simple (Hozirgi oddiy zamon uchun)



Always (har doim)

I always get up at 7 o’clock (men har doim soat 7da turaman)



Regularly (muntazam)

You regularly go to school (sen muntazam maktabga borasan)



Usually / normally (odatda) 

I usually eat an ice-cream (men odatda musqaymoq yeyman)



As a rule / as usual (odatdagidek)

You don’t come as a rule (sen odatdagidek kelmaysan)



Traditionally (an’anaga ko’ra)

He traditionally goes to the church (u an’anaga ko’ra cherkovga boradi)



Occasionally (ahyon-ahyonda)

She occasionally smokes (u ahyon-ahyonda chekib turadi)



Mainly (asosan)

My sister mainly goes to the hospital (opam asosan kasalxonaga boradi)



In general / generally (umuman olganda)

I generally smoke (men umuman olib qaraganda chekaman)



Often / frequently (tez-tez)

She often goes shopping (u tez-tez bozor qilishga boradi)



Sometimes (ba’zan)

We sometimes go swimming (biz ba’zan cho’milishga boramiz)



Now and then / from time to time (vaqti vaqti bilan)

I learn English from time to time (men vaqti vaqti bilan ingliz tilini o’rganaman)



Seldom / rarely /barely (kamdan kam. Eslatma ushbu kalit so'zlardan inkor gaplarda qo'llanilmaydi. Chunki ularning o'zi inkor ma'nosini beradi. Kamdan kam-deyarli yo'q degani. Ingliz tilidagi gaplarda bitta inkor keladi)

They seldom go shopping (ular kamdan kam bozor qilishga boradi)



At weekends (dam olish kunlarida)

At weekends I go my home (dam olish kunlarida men uyimga boraman)



In the evenings (oqshomlari)

In the evenings I call my girlfriend (oqshomlari men qizimga telefon qilaman)



Every+day/week/month/year/morning/Monday/January..... (har kun/hafta/oy/yil/tong/dushanba/yanvar...da)



Once a day/a week/ a year (bir kunda/bir haftada/bir yilda bir marotaba)



Twice bo’lsa ikki marotaba



Three times/four times...uch marotaba/to’rt marotaba

Xulosa:

Simple zamonlar 

har doim sodir bo'ladigan ish-harakatlar uchun, 


Continuous zamonlar 

sodir bo'layotgan ish-harakatlar uchun 


Perfect zamonlar

 sodir bo'lib bo'lgan ish-harakatlar uchun 


Perfect continuous zamonlar

esa ma'lum bir vaqtdan beri davom etayotgan ish-harakatlar uchun ishlatiladi.

ESLATMA:

Endi shu zamonda ishlatiladigan kalit so'zlarni yodlash kerak.

Kalit so'zlarni 

Always-har doim deb yodlamang!!! 

Kalit so'zlarni gap bilan yodlang. 

Misol uchun I always go to the library which is in Yakkasaroy. 

(Men har doim Yakkasaroydagi kutubxonaga boraman)

Report Page