Present Simple

Present Simple


Salom qadrli o'quvchi.😎 Bugungi darsimizda siz bilan Ingliz tilidagi eng birinchi zamon "Present simple" ni o'rganamiz.

O'zbek tilidagi Tarjimasi bilan keltirildi.

Ingliz tilida "Present Simple" qachon ishlatiladi?πŸ€” Biz yuqoridagi rasmda "Present simple" ning tarjimasini ko'rib tursakda bu tarjima bizga uni qachon ishlatishimiz haqida deyarli hech narsa aytmayapti. Shuning uchun keling, bu zamonning qachon ishlatilishini o'zimizning "dehqoncha" tilimizda tushuntirib bersam. "Present simple"ning ishlatilishi juda oddiy. Biz uni shunchaki doim sodir bo'ladigan narsalarni aytishda ishlatamiz. (Aynan hozir bo'layotgan narsalarni aytishda emas,yoki kelasi zamonda bo'ladigan narsalarni ham aytishda emas,balki Odatiy,har doim bo'ladigan narsalarni ingliz tilida aytishda biz "Present Simple"ni qo'llaymiz.) Endi "odatiy,har doim bo'ladigan" narsalarga o'zbek tilida keling birinchi bir nechta misol keltiramiz.

1-chi misol: Men har kuni soat 7-da uyqudan turaman.

Odatiy,takrorlanib turuvchi ish-harakat


2-chi misol: Biz har oqshom TV ko'ramiz

Odatiy,takrorlanib turuvchi ish harakat


3-chi misol: Siz har safar ovqatdan keyin choy ichasiz

Odatiy,takrorlanib turuvchi ish-harakat


4-chi misol: Men har kuni maktabga boraman

Odatiy,takrorlanib turuvchi ish-harakat


Yuqoridagi misollarning barchasida ish-harakat(choy ichmoq,TV ko'rmoq,uyqudan turmoq) deyarli har kuni sodir bo'ladi,ya'ni takrorlanib turadi. Present Simple ham aynan doim "takrorlanib" turuvchi narsalarni aytishda qo'llaniladi.

Bu zamonni qachon ishlatilishini ko'rib oldik. Endi uni yasalishiga o'tsak. Hozir yuqoridagi misollardan birini ya'ni " Biz har oqshom TV ko'ramiz" gapini ingliz tiliga o'giramiz.

Endi yuqoridagi misolning tarjimasiga qarab formula yasaymiz:

Present Simple

Yani:

I/We/You/They(kishilik olmoshlari) + watch TV(fe'l) + every evening(qolgan narsalar)

Endi eng birinchi misolimizni (7-da uyqudan turaman)ham formulaga qarab ingliz tiliga o'giramiz.

I(men) wake up (uyqudan turaman) at 7 (soat 7-da) every day(har kuni)

Endi yuqoridagi formulaga qarab qolgan ikta misolni o'zingiz mustaqil ingliz tiliga o'giring.

Kerak bo'ladigan lug'atlar: everyday - har kuni,drink tea - choy ichmoq,after meal - ovqatdan so'ng,every time - har safar,go to school - maktabga bormoq.

Report Page