Post

Post

@Iqtiboslar_tv

POST

Sherzod har kungidek ishdan vaqt allamahal bo'lganida kirib keldi. Kucha darvozasini yopar ekan, shu yaqin kulbadan onasining ovozi keldi:

-Eson-omon keldingmi bolam?

-Uff..., haliyam uxlamadingizmi? Kelmay qayoqqa ham borardim, uxlayversangiz bo'lmaydimi,- deya g'udrandi Sherzod. Sherzod yengil mashinasi bilan kirakashlik qiladi. Har tun shunday kech keladi. Hozir ham qo'lidagi paketni kutarganicha atrofga alanglab, o'z uyi tomon ketdi. Onasi darvozaxonaga yaqin kichik kulbada, Sherzod oilasi bilan hovli etagidagi uyda turishadi. Uyiga kirib borar ekan xotinining ovozi keldi...

-“Post”dan eson omon o'tib oldingizmi? Issiq choyingiz tayyor, ana, deya Sherzodni qo'lidan paketni olib, ichidagi narsalarni stol ustiga qo'ya boshladi. Shunday kunlarning birida Ona olamdan o'tdi. Sher­zod onasi maʼrakasini utkazib bo'lib, tashqarida o'tirgan edi. O'g'li bir xatni keltirib uning qo'liga berdi va dedi:

-Buvim bu xatni sizga qoldiribdilar, dada, - dedi. Sherzod xatni ochib o'qiy boshladi.

"Bolajonim, ko'zimning oqu-qorasi. Seni har tong kucha ishiga ko'zatar ekanman, Alloxdan duoi joningni tilab, o'z panohida asrashini so'rab o'tiraman. Shom nomozidan so'ng boshimni sajdadan ololmay qolaman. Chunki yomonliklarning ko'pi kechasi tunda sodir bo'ladi. Shulardan senga ziyon yetishidan qo'rqaman, qachon darvozadan kirib kelganingni eshitib, keyin sajda­dan boshimni kutaraman... Sizlar mening kulbamni “post” deb atashinglarni ham bilaman... Har kech qo'lingdagi paketga ko'zim tushsa, ichidan menga biror narsa olib bersang, oilangda g'alva bo'lishini o'ylab, o'zimni ko'rsatmay “keldingimi, bo­lam” deya ovoz chiqaraman. Va yana Allohimga iltijo qilib so'rayman, shu me­ning kulbam senga, seni oilangga keladigan balo-qazolar uchun hamisha “Post” bo'lishini, kelgan balo sizlarga emas, menga urilishini... Ushbu xatimni o'qiyapsanmi, demak endi men yo'qman... Barvasta bo'ylaringdan quchib qolaman, bola­jonim. Seni doim Allohning o'zi asrasin. Endi sen ham toat-ibodatda bo'l. Seni Allohimga omonat qoldirdim..."

Sherzod ko'zlariga to'lib kelgan yoshdan, bo'g'zidagi tiqiilib qolgan o'kirik, yig'idan o'zini tutolmadi:

-Onaaaam...! Onajoniiim...!

Ha, azizlar, umr yugurik daryo. Onajonisi hayot insonlar, yaqinlarimiz omonat. Ota-ona g'animat. Ozgina vaqtingizni, topgan pulingizdan arzimas qismini Onangiz uchun ajrating... Onangizning shu paytdagi baxtiyorligini butun olam shodligiga alishmaysiz, sinab ko'ring! Ulardan keyin ham bunday pul, mol-dunyoni yana ko'p topasiz, ammo bu ilohiy siymoni, uning mexrini topa olmaysiz!!!


📚 #Óqing_faqat_yiğlamang

 ✍ #Ilhom_Qahharov

📲 #Iqtiboslar_tv 


📢 Kanalimiz: https://t.me/Iqtiboslar_tv

Report Page